Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 5109 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida o‘quv jarayoni, ta’lim sifatida, ilmiy va ma’naviy muhitni o‘rganish o‘tkaziladigan sotsiologik so‘rovnoma.
Hurmatli talaba!
Institutda ta’lim va tarbiya ishlarini samarali tashkil etish, talabalarni fan, ta’lim, madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan ishlardan xabardorlik darajasini yuksaltirish, ilmiy, ma’rifiy va ma’naviy faoliyatni yanada rivojlantirish, “Kelajak o‘qituvchisi”ni tayyorlash bilan bog‘liq faoliyatni maqsadli va tizimli rivojlantirish hamda talabalarning institut haqidagi tasavvuri, dunyoqarashi yuzasidan taklif-tavsiyalarini o‘rganish va tahlil qilish muhim hisoblanadi.
Siz bergan javoblarning ob’ektiv va holis bo‘lishi institutdagi mavjud kamchiliklar va muammolarning yechimini tezroq hal etish hamda o‘quv jarayoni, ta’lim sifati, ilmiy salohiyat hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
So‘rovnomada ishtirok etganingiz uchun avvaldan minnatdorchilik bildiramiz.