Institut “Psixologik markazi” tomonidan “Talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini yaratish” dasturi asosida institutning 1,2,3-bosqich talabalari ishtirokida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilgan edi. Mazkur so‘rovnoma natijalari institutning navbatdagi institut Kengashida muhokama etildi...
Ushbu tadqiqotda “Institut talabalarining ijtimoiy holati”, “Institut talabalarining individual psixologik holati”, “Institut talabalarining emotsional holatlari”, “Institut talabalarining intellekti va kasbiy yo‘nalganligi” o‘rganib chiqildi.
Olingan natijalarga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar pedagogik innovatsion ta’lim klasteri loyihasi asosida amalga oshirilishi belgilandi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, talabalar kasbiy kompetentligi va mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek kadrlar tayyorlashda yuqori sifat ko‘rsatgichni qayd etishdir. Shu nuqtai nazardan institut Ilmiy Kengashida ushbu masalalarni amalga oshirish yuzasidan istiqbolli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.