Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 902 marta
Tegishli bo'limi: Uchrashuvlar
2022 yil 8 yanvar kuni Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilar uchun "Professor-o‘qituvchining kreativligi va kompetentligi" mavzusidagi seminar treningi tashkil etildi.
Seminar treningda, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi mudiri psixologiya fanlar nomzodi, dotsent Sh.R.Samarova maʼruza bilan qatnashdi.
Dotsent Sh.R.Samarova professor-o‘qituvchining kreativligi va kompetentligi masalasini izohlash jarayonida, shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuygʻularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon boʻlishini oʻz tajribalari asosida yoritib berdi.
Professor-o‘qituvchining kreativligi negizida aks etuvchi muhim sifatlarga to’xtaldi: refleksiya qobiliyat, hissiyotga boylik, ijodiy taʼsirchanlik va tashabbuskorlik, mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi, boy tasavvur, oʻz ijodkorligini toʻla-toʻkis namoyish etish, eruditsiya (bilagʻonlik), mantiqiy fikrlay olish, ijodiy yoʻnalganlik sifatlarini oʻzida shakllantirish uchun oʻqish, oʻrganish, oʻz ustida ishlash muhim ekanligini taʼkidladi.