CHIRCHIQDA YANGI SPORT TURI:“TO’P MARRAGA”
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti “Bolalar sporti” kafedrasi o’qituvchisi Xurramov Eshmaxmat Eshqulovich tomonidan ishlab chiqilgan yangi “To’p marraga” nomli sport turi “Yangi O’zbekistonda yangi sport turi” shiori ostida musobqqalar bo’lib o’tdi.
Musobaqada Chirchiq davlat pedagogika instituti hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoalari bellshadi.
Ushbu musobaqa TVCHDPI maktabgacha ta’lim fakulteti bolalar sporti kafedrasi hamda. Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedralari tashabbusi bilan o’tkazildi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi qo‘lga kirtgan bo’lsa, 2-o‘rinni Chirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi egalladi.
Faxrli 1-o‘rinni Chirchiq davlat pedagogika instituti Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jamoasi qo‘lga kiritishdi.
“To’p marraga” nomli sport turi haqida
To’p marraga o’yini boshqa sport o’yinlaridan farqli ularoq mashg’ulot joyini jihozlashning oddiyligi, tomoshabobligi, hayajonliligi va o’yin taktikasining xilma-xilligi bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi.
To’p marraga o’yini ikki jamoadan tashkil topadi, har birida 5 kishidan o’ynaydi. o’yinning mohiyati imkon qalar raqib marrasiga ko’p to’p tashlash va uz marrasini himoya qilish.o’yin maydoni 40x20 m o’yin 20 daqiqadan ikki taym (bo’lim) davom etadi. orada 10 daqiqa tanafuz bo’lib o’tadi.
To’p marraga o’yini jismoniy tarbiyada bolalar, o’quvchi yoshlar va katta yoshdagi aholining salomatligini mustahkamlashda ajoyib vosita hisoblanadi.
To’p marraga o’yini nafaqat sport turi balki xalq ta’limi muassasalarida sport o’yinlari (voleybol, basketbol futbol, qo’l to’pi) maktab ta’limi tizimida 5-sinfdan yani 12 yoshdan boshlanadi.To’p marraga o’yini orqali maktab o’quvchilarini to’pni oshirishi va qabul qilishi, to’p bilan harakatlanib maydonni to’liq ko’ra olishi, to’pni qabul qilishi uchun qulay joy topib to’pni so’rashi, chaqqonlik, tezkorlik, va chidamlilik sifatlarini va jamoa bo’lib ishlashni shakillantirish uchun innovasion metod sifatida ham foydalanish mumkin.