Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 4158 marta         Chop etildi: 2020-02-14         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


TTJDA YASHOVCHI TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida  Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida talabalar turar joyida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari aks ettirilgan taqdimot namoyish etildi. Talabalar turar joyida yashash tartib-qoidalariga rioya etmayotgan talabalar ogohlantirildi. Talabalar turar joyida faoliyat yuritayotgan 6 ta to‘garaklar faoliyati ham muhokama qilindi. Ularga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Shuningdek, “Eng namunali o‘g‘il bolalar xonasi”, “Eng namunali qizlar xonasi”, “Eng namunali qavat sardori”, “Eng namunali qavat” kabi nominatsiyalar g‘oliblari aniqlanib, ularning yashash hududlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlariga hamda ota-onalariga tashakkurnomalar yuborilishi belgilandi.

Talabalar turar joyi bilan bog‘liq muammo va takliflar o‘rganildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.  

Tashkiliy masalalar yakunida, institutning “Biologiya kafedrasi” mudiri, dotsent – Vohid  Fayziev tomonidan ayni damda jahon hamjamiyatini qo‘rquvga solayotgan “koronavirus” kasalligining kelib chiqish tarixi, sabablari, asorat va alomatlari xususida taqdimot namoyish etilib, o‘quv jarayonlari hamda talabalar turar joyida ham sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.


Institut axborot xizmati. 

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.