Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 34522 marta         Chop etildi: 2020-08-31         Bo'limi: Yangiliklar


TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI G‘. I. MUXAMEDOVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 29 YILLIGI MUNOSABATI BILAN INSTITUT PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI, HODIMLARI VA TALABALARIGA BAYRAM TABRIGI!



Assalomu alaykum aziz ustozlar, hurmatli talabalar!

Yurtimiz bayramlari orasida ezgu maqsad va yuksak g‘oyalarimizning ifodasi bo‘lgan Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash xalqning yuksak qadriyatiga aylangan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash, bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy bilim olishlari uchun munosib sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligidan barchamiz xabardormiz. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini ta’minlash asosida O‘zbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratish yo‘lida boshlangan islohotlar o‘zining natijasini bermoqda.

Mustaqillik bayrami yangi o‘quv yilini boshlash arafasida turgan institutimiz uchun ham qo‘shaloq bayram hisoblanadi. Institimiz ham “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosida “Sen qudrat manbai, saodat maskani – jonajon O‘zbekistonim! - degan shoir ostida istiqlolimizning 29 yilligini munosib nishonlashga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Jumladan, o‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash hamda ma’naviy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan faoliyat muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda institutda o‘quv jarayoniga masofaviy ta’limning zamonaviy usullarini joriy qilish, fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarni platformaga to‘liq joylashtirish ishlarini yakunladi. Bundan tashqari, yosh olimlar va iqtidorli talabalardan iborat ilmiy jamoalarning «startup» – loyihalarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilarning Scopus va Web of Science xalqaro bazalarida ilmiy maqolalarini joylashtirish, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan institutimizning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi natijasida institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurilish-bunyodkorlik ishlarini rivojlantirish, mavjud binolardan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha o‘quv-amaliyot bazalarini yaratish ishlariga jadallik bilan kirishildi. Jumladan, joriy o‘quv yilida 50 o‘ringa mo‘ljallangan Maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy «Bog‘cha-laboratoriya» muassasasini qurish, Axborot resurs markazi filiali binosini qayta ta’mirlash va jihozlash, talabalar uchun «Pedagogik-psixologik Markaz», 450 kv.m. xajmda «Geografik o‘quv maydoncha», 750 kv.m. xajmda «Bio-ekologik o‘quv maydoncha»ning qurilishi, sobiq Axborot resurs markazi binosini «Amaliy metematika va informatika tadqiqot Markazi»ga aylantirish, Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti hududida joylashgan O‘quv ustaxonasini zamonaviy Texnoparkka aylantirish hamda Davlat investitsiya dasturi doirasida 1500 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosida va 400 o‘rinli Talabalar turar joyi binosida qurilish va jihozlash ishlarini yakunlash bunyodkorlik sohasidagi faoliyatimizning asosiy yo‘nalishi bo‘ladi.

Institutda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy sohada amalga oshiriladigan ishlar faoliiyatimizning asosiy mezoni hisoblanadi. Bu borada ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarni maqsadli va manzilli tashkil qilish, ustoz-shogird tizimi asosida axloqiy muhit barqarorligiga erishish, hamjihatlik, yagona maqsad yo‘lida birlashish, 5 muhim tashabbus orqali talabalarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni ijtimoiy himoyalash va moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish kabi muhim masalalar belgilangan.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.