Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1862 marta         Chop etildi: 2019-10-22         Bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar


TIL – MILLAT KO‘ZGUSI



                 21 oktabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida 21 oktabr kuni  “Til – millat ko‘zgusi” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

                 Tadbirda tilshunos olimlar, huquq-tartibot sohasi vakillari va talaba yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar til – millatning ma’naviy boyligi ekanligi, til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi hisoblanishi, shu boisdan Ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda, tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishda barcha  birdek mas’ul ekanligi to‘g‘risida gapirdilar.

                  Tadbir yakunida Tarix va tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan o‘zbek tili haftaligi doirasidagi tanlovlarning g‘oliblari institut tashakkurnomasi va diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Institut axborot xizmati




Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.