Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1930 marta         Chop etildi: 2019-10-19         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


TIL – MILLAT KO‘ZGUSI



/ Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. / Ташкентская область Чирчикский педагогический институт / Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region.  / TIL – MILLAT KO‘ZGUSI / yangilik / til-millat-kozgusi /   /

Tarix va tillar fakultetining faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi, Qozoq va tojik ta’lim  yo‘nalishlarning O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirini qozoq va tojik tili ta’lim yo‘nalishi professor o‘qituvchilari, talabalari tomonidan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Adabiy-ma’rifiy kechada Tarix va tillar fakulteti dekani, dotsent Ravshan Ikramov kirish so‘z bilan ochib berdi.

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Abdushukur Shofqarov  “Til – millatning ma’naviy boyligi” mavzusidagi  ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Qozoq va tojik tili ta’lim yo‘nalishi talabalari   o‘zbek, qozoq va tojik tillarida she’rlar, allomalarning til haqidagi ibratli so‘zlari, “Davlat tili haqida”gi Qonun moddalari, maqol-matallardan namunalar keltirishdi.

Tadbir so‘ngida qozoq va tojik tillarida talaba qizlar o‘zlarining milliy raqslarini namoyish etishdi.

Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 
 

 

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.