Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 5242 marta         Chop etildi: 2020-06-24         Bo'limi: Yangiliklar


Test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi



Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o‘quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi.

Bunda har bir abiturient uchun binolarda 3 m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abiturientlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi.


Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali.



Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.