Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1492 marta         Chop etildi: 2020-02-07         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


TASVIRIY SAN’AT KAFEDRASIDA: MUAMMO VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI...



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining asosiy strategik tadqiqot yo‘nalishining bir tarmog‘i bo‘lgan  Tasviriy san’at kafedrasida “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri modelining amaldagi tatbig‘i” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tasviriy san’at kafedrasi va Qibray tumani XTBga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Chirchiq shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji, A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti  kabi ko‘plab muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan. “Maktab-laboratoriya” innovatsion tajriba maydonchalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida mazkur muassasalar bilan hamkorlikda ko‘plab ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar va seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.


Kuni kecha “Tasviriy san’at” kafedrasida tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, uni bartaraf etish yo‘llarini qidirib topish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarining fikr almashinuvini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda yosh pedagog-kadrlarning ta’lim muassasalaridagi mehnat faoliyatini boshlanishida uchraydigan asosiy muammolar, tasviriy san’at uchun haftasiga ajratilgan 1 soatda uy vazifalarini tekshirish, yangi mavzu bo‘yicha amaliy mashqlar bajarishga ulgurishning imkoni yo‘qligi, ko‘rgazmali qurollarning yo‘qligi, AKT vositalarining kamligi kabi ko‘plab muammolar o‘rtaga tashlandi.



Institutning tajribali professor-o‘qituvchilari va maktabning yetakchi o‘qituvchilari o‘rtasida kechgan qizg‘in muhokamalar natijasida, bu muammolar yechimini topishda yangi innovatsion usullarni qo‘llash hamda kompyuter texnologiyalari yordamida bolalardagi tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga samarali usullaridan biri sifatida qarash kerakligi ta’kidlandi.

  “Maktab-laboratoriya”  innovatsion tajriba maydonchalarida olib borilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.  Faoliyatni olib borishda samaradorlikka erishishning optimal variantlari taklif etildi va uni amaliyotga tatbiq etish uchun zarur vazifalar belgilab olindi.



Institut axborot xizmati.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.