Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 13051 marta         Chop etildi: 2020-02-24         Bo'limi: Yangiliklar


TA’LIM TIZIMI VILOYAT SALOHIYATIGA MOS EMAS. NEGA?



Milliy ta’lim tizimimizning keyingi chorak asrdagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilganligining guvohi bo‘lamiz. Ayni paytda, kadrlar tayyorlash sohasida ta’lim turlari o‘rtasidagi aloqa va uzviylikning ta’minlanishida jiddiy kamchiliklar ham kuzatildiki, u pirovardida, maqsadni belgilashdagi tarqoqlikka va ta’lim sifatini pasayishiga sabab bo‘ldi.


Kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat siyosatida hududlarning ijtimoiy- iqtisodiy o‘ziga xosligi, mehnat bozoridagi talab va taklifning chuqur o‘rganilmasligi natijasida kadrlarning xududlar kesimidagi taqsimotida muvozanatning buzilishi kuzatildi.

Ta’lim tizimida kadrlar taqsimotining to‘g‘ri yo‘lga ko‘yilmasligi natijasida ayrim hududlarda yuzaga kelgan kadrlar taqchilligi masalasi uzluksiz ta’lim tizimida, xususan, maktabgacha va xalq ta’limi tizimida ham kuzatildi.

Toshkent viloyati Respublikamizning iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanayotgan hududlaridan biri hisoblanadi. Hududda yirik ishlab chiqarish korxonalarining mavjudligi, xususiy sektorning nisbatan keng rivojlangani viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmokda. Bu yaxshi, ammo viloyatda ijtimoiy sohalar, xususan, ta’lim sohasi xududning iqtisodiy salohiyaiga muvofik, holda barqaror rivojlanayapti deb ayta olmaymiz.

Hozirgi kunda viloyatda maktabgacha va xalk, ta’limi tizimi bilan bog‘lik, dolzarb muammolar sifa- tida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

  • hududda pedagog kadrlarga bo‘lgan talab bo‘yicha istiqbol rejalarning mavjud emasligi;
  • malakali pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning to‘la qondirilmaganligi;
  • hududlar kesimida pedagog kadrlarga bo‘lgan talabning tahliliy o‘rganilmaganligi;
  • ta’lim turlari o‘rtasidagi uzluksizlik, uzviylik va integratsiyaning ta’minlanmaganligi;
  • mavjud pedagog kadrlarning zamon talablariga javob bera olmasligi;
  • o‘qituvchilik kasbi borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarining olib borilmaganligi;
  • ta’lim va tarbiya sifatining pastligi;
  • ta’limga nisbatan tizimli yondashuvning yo‘qligi...


Umuman, bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Bu kabi muammolar keng qamrovli va ko‘p qirrali ijtimoiy masala bo‘lib, uning yechimi ham bir- ikki sababning qondirilishi bilan o‘z ijrosini topa olmaydi. Bu masala hududi hokimliklar va ularning tasarrufidagi tegishli bo‘linmalarning ayni masala bo‘yicha tizimli ish olib borishi natijasida o‘zining ijobiy yechimini topishi mumkin.

Hozirgi kunda Toshkent viloyati ta’lim tizimida shunday yangi mexanizm yaratilishi hayotiy zaruratga aylandiki, unda ta’lim turlari o‘rtasida o‘zaro nazorat ham, raqobat ham, manfaatlarning qondirilishi ham ta’minlanishi zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan Chirchiq davlat pedagogika instituti ana shu muammoning ilmiy-nazariy va amaliy yechimini topishni o‘zining asosiy strategik tadqiqot yo‘nalishi sifatida belgilab olgan. Bu pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslarini yaratishni va uni amaliyotga tatbik, etishning mexanizmlarini ishlab nizshiy taqozo qiladi. Darhaqiqat, pedagogik ta’limning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda fan ta’lim bo‘g‘inlari o‘rtasida tarqoqlik bugungi kunda uzluksiz pedagogik ta’limni klaster rivojlanish modeliga o‘tkazish zaruratini taqazo etmoqda.

Pedagogik ta’lim klasteri bo‘yicha Toshkent viloyati tajribasi sifatida e’tirof etilayotgan keng ko‘lamli il miy-amaliy loyihaning pirovard maqsadi xududda maktabgacha va xalk, ta’limi tizimining salohiyatini oshirishga qaratilgan.

 

Uchdan keyin kech

Ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim bosqichi eng muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Prezidentimizning 2017 yil 30 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublika- maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish to‘g‘risida"gi Qaroridan keyin ta’lim tizimining quyi bo‘g‘iniga e’tibor kuchaydi.

Institutimiz qoshida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini ichdan o‘rganish, u yerdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Bog‘cha laboratoriya” innovatsion tajriba maydonchalarida professor-o‘qituvchilar talabalar bilan birgalikda muayyan muammoning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar ustida tadqiqotlar olib borishmoqda. Hozirgi kunda 2 ta “Bog‘cha laboratoriya”da uchta loyiha tajriba sinovdan o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad – institutimiz o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachi pedagoglarining tajribasini birlashtirish orqali dunyo standartlariga xos ijobiy natijaga erishish.

Shu o‘rinda yaponiyalik tadqiqotchi, bola ruhiyatining bilimdoni Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech" kitobini eslash joiz. Ushbu kitobga nisbatan shunday ta’rif berilgan: "Bu kitob - yozilgan kitoblarning eng muhimlaridan biridir. Uni yer kurrasidagi barcha ota-onalar o‘qishi kerak!" Darhaqiqat, kitob ota-onalar va bolalar bog‘chalarining tarbiyachi-pedagoglari uchun juda muhim qo‘llanma hisoblanadi. Muallifning fikriga ko‘ra, katta yoshdagilar qiyinchilik bilan o‘rganadigan narsalarni, bolalar o‘ynab ilg‘ab olishadi. Ushbu jarayonning asosi aynan ta’limni o‘z vaqtida bera boshlashdadir. So‘nggi tadqiqotlarda inson miyasining imkoniyatlari nihoyatda kengligi, ta’lim va tarbiya bolaga qanchalik erta berilsa, u shunchalik o‘zining ijobiy samara- sini ko‘rsatishi isbotlanmokda.

 

Yo hayot, yo mamot

Prezidentimiz 2019 yilning 23 avgust sanasida xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida: "Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Maktab ishi bu umummilliy harakatga aylanishi kerak", degan edilar. Darhaqiqat, maktabni o‘zgartirmasdan turib; odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Xuddi shu yig‘ilishda Yurtboshimiz pedagogik OTMlarning faoliyatiga tanqidiy baho berib, ularning maktablardagi o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishdagi roli sezilmayotganini afsus bilan qayd etgan edilar. Murojaatnomada ham fan, ta’lim va maorif tizimiga taallukdi bir qator strategik yo‘nalishlarni belgilab berdilarki, undan kelib chiqadigan vazifalar tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yangilana- yotgan O‘zbekistonning ta’lim siyosati mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglashni taqozo qiladi.

Institutimiz tomonidan innovatsion loyiha sifatida tashkil qilingan "Maktab-laboratoriya" tajriba maydonchalari pedagogik ta’lim innovatsion klasterining sub’ekti hisoblanadi. Bugungi kunda Toshkent viloyatida xuddi shunday 22 ta "Maktab-laboratoriya"lari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur loyiha ta’lim turlarining ilmiy, uslubiy va ta’limiy faoliyatini rivojlantirish maqsadiga qaratilgan tajriba-sinov maydonchasidir.

"Maktab-laboratoriya" innovatsion tajriba maydonchalari o‘zining muayyan vazifalariga ega quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

  • tajriba-innovatsion yo‘nalish;
  • ilmiy-uslubiy yo‘nalish;
  • ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi;
  • axborot-tahliliy yo‘nalish.


"Maktab-laboratoriya"larda ta’lim muassasalaridagi muayyan yo‘nalishlar- dagi ko‘rsatkichlarni oshirish yoki muayyan muammoning bartaraf qilinishi bilan bog‘liq, yangi 14 ta loyiha tajriba-sinovdan o‘tkazilmokda. Ushbu loyihalar umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining turli yo‘nalishlarida samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va tajriba-sinov ishlarining dastlabki natijalari olindi. Natijalar biz kutgandan ham yaxshirok.

Demak, pedagogik ta’lim innovatsion klasterining istiqboli bor. Toshkent viloyati tajribasi sifatida uni ommalashtirish, shubhasiz, pedagogik ta’limda o‘zining ijobiy samarasini beradi.

 

G‘afurjon Muhamedov.

Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori, 

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.


Toshkent haqiqati gazetasi. 2020 yil, 19 fevral. №15 (13276).




Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.