Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 11687 marta         Chop etildi: 2020-05-30         Bo'limi: Yangiliklar


REKTOR TALABALAR BILAN ONLAYN MULOQOT O‘TKAZDI



 

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori G‘.I.Muhamedov joriy yilning 26 va 27 may kunlari talabalarning karantin davridagi faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarni o‘rganish va yechimini hamkorlikda hal etish orqali ta’lim va tarbiya sifat samaradorligiga erishish maqsadida talabalar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

 

Muloqot ZOOM dasturi orqali amalga oshirildi. Muloqotda 571 nafar talaba, 27 nafar rahbar xodimlar ishtirok etdi.

 

Bo‘lib o‘tgan onlayn muloqot  davomida talabalarning ko‘plab taklif mulohazalari o‘rganildi.  

Institutning Fizika-astronomiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabasi tomonidan bildirilgan taklif jarayonning o‘zidayoq ma’qullandi.   

  – Karantin davrida ko‘p ishlarga o‘rgandik. Buyumlar yasadik, ixtiro va ishlanmalar qildik. O‘qish boshlanganidan keyin ushbu ishlanmalar bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etilib,  tanlov o‘tkazilsa yaxshi bo‘lar edi. 

Ha, albatta ertamiz egalari tomonidan bildirilgan hech bir taklif, murojaat e’tiborsiz qolmaydi. 

Muloqot davomida talabalar tomonidan jami 63 ta savol va takliflar bildirildi. 2 kun muddat ichida savollarga asoslangan javoblar berish, takliflarni o‘rganib chiqish hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, dekanlar, kafedra mudirlariga ko‘rsatma berildi.

 

Navbatdagi onlayn muloqot 2020 yilning 1-3 iyun kunlarida o‘tkazilishi belgilandi.

 

Institut axborot xizmati.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.