Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 6470 marta         Chop etildi: 2020-06-22         Bo'limi: Yangiliklar


QABUL JARAYONLARI OLDIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI



2020 yil 19 iyun kuni Chirchiq oliy tank-qo‘mondon muhandislik bilim yurtida 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul masalasi bo‘yicha harbiylar va ularning farzandlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Qabul komissiyasi a’zolari va mas’ul kotib ishtirok etdi.




 Muloqotda 2020-2021 o‘quv yili uchun qabuldagi o‘zgarishlar, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi yangiliklar, fanlar bo‘yicha imtixonlardagi o‘zgarishlar, ayniqsa harbiylarning farzandlari uchun beriladigan imtiyozlar va ularni amal qilish tartibi bilan bog‘liq yuzga yaqin savollar berildi. Savollarga institut qabul komissiyasi a’zosi Bahodir Husanov, mas’ul kotib Qudrat Boboxo‘jaev, bilim yurti boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Sobirovlar javob berishdi.




Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.