Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1375 marta
Tegishli bo'limi: Axborot makoni
Tanlov ustuvorligini belgilash
?? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori (https://lex.uz/pdfs/5472291) bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.
? Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
✅ Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
✅ Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
❗️Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.
✅ Yuqorida keltirilgan maʼlumot boʻyicha video sharhni koʻrish... (https://t.me/talim_huquqi/1157)
Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘linglar!
??? Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanmani koʻrish... (https://t.me/talim_huquqi/1150)
Kanalga ulanish:
????
@Tvchdpi2017