Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 2648 marta         Chop etildi: 2020-01-30         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


PROKUROR SEKTORIDA: “5 MUHIM TASHABBUS” LOYIHASI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining malakali prfessor-o‘qituvchilari Chirchiq shahridagi umumta’lim maktablari, mehribonlik uyiga biriktirilib, “5 muhim tashabbus” doirasida turli to‘garaklar tashkil qilindi. Mazkur ta’lim muassasalarda “Innovatsion ta’lim klasteri” asosida turli sport musobaqalari, qolaversa, yoshlarni kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida turli musobaqalar, master-klass mashg‘ulotlari, o‘quv-seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda...



Chirchiq davlat pedagogika institutida “5 muhim tashabbus” doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Chirchiq shahar prokurori, Ichki ishlar bosh Boshqarmasi boshlig‘i, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, hokimlik vakillari hamda shahardagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari, 14-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida “5 muhim tashabbus”ning har bir yo‘nalishida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarida peshqadamlik qilgan o‘quvchi va talaba-yoshlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.


Shuningdek, institut qoshida “Yosh kitobxonlar klubi” tashkil etilib, mazkur klubga “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi, 21-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Otabek Eshpo‘latov yetakchi etib saylandi.

Uchrashuv davomida Chirchiq shahar prokurori, Adliya katta maslahatchisi – Baxtiyor Ibrohimov g‘oliblarni taqdirlar ekan, joriy yilda 4 ta sektor homiyligida shahardagi adabiyot va she’riyatga qiziqishi bor, iqtidorli yoshlarning ijod namunalari aks etgan to‘plam kitobini nashr ettirish taklifini bildirdi.

Tadbirda institut talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Ortepa” spektakli namoyish etildi.

Institut axborot xizmati.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.