Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 13426 marta         Chop etildi: 2020-05-13         Bo'limi: Yangiliklar


Professor-o‘qituvchilar tomonidan muhim dasturiy mahsulot yaratildi



Dastur suv sathining maksimal me’yordan oshmasligini ta’minlaydi va suv omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.

TOShKENT, 12 may - Sputnik. Intellektual mulk agentligida suv omborlari uchun dasturiy ta’minot ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

"Inshootning mustahkamligiga tahdid soluvchi avariyaviy vaziyatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish uchun dastur ishlab chiqildi", - deyiladi xabarda.

Dastur suv sathining maksimal me’yordan oshmasligini ta’minlaydi va suv omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.

Dastur mualliflari – Furqat G‘affarov, Azamat Ismoilov, Adham Boymurodov va Anvar Hurramovlarga O‘zbekistonning "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida" gi Qonuniga muvofiq, DGU 07858-sonli guvohnoma berildi.

Read more: https://sputniknews-uz.com/news/20200512/14110246/zbekistonda-suv-omborini-tldirish-va-bshatish-uchun-dastur-ishlab-chiildi.html


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.