Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 16161 marta         Chop etildi: 2020-05-06         Bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar


PEDAGOGLAR SAXOVAT KARVONI SIRDARYODA



Xalqimizda azal-azaldan odamiylik, mehr-oqibat, bir-birini qoʼllash, yiqilganni suyash kabi ezgu ishlar ulugʼlanib kelinadi. Bunday insonparvarlik fazilatlari qadriyat darajasiga koʼtarilgan. Yurtimizda kechayotgan sinovli jarayonlar xalqimizni yanada birlashishga, bahamjihat boʼlishga undamoqda.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Sirdaryo voqeasida jabrlangan yurtdoshlarimizga koʼmak berish maqsadida xayriya tadbiri eʼlon qilinib, “Sahovat va koʼmak” shtabi tashkil etildi.




Mana shunday sinovli kunlarda vatandoshlarimizga holidan xabar olib, maʼnanaviy-ruhiy yordam koʼrsatishni maqsad qilgan institut jamoasi bu jarayonlarda faollik koʼrsatdi.




Qarabsizki, tez orada jabrlanganlarga kerakli boʼlgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, koʼrpa-toʼshak hamda homiylik mablagʼlari jamlanib, saxovat va oqibat karvoni Sirdaryo tomon yoʼl oldi...


Toʼplanilgan xayriya mahsulotlarining barchasi institut xodimlari tomonidan oʼz egalariga yetkazildi. Ular bilan suhbatlashib, hol-ahvol soʼraldi.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.