Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 11192 marta         Chop etildi: 2020-12-05         Bo'limi: Yangiliklar


PEDAGOGIK TA’LIM INNOVATSION KLASTERI TIZIMIDA ILK DOKTORLIK ISHI HIMOYA QILINDI



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengash yig‘ilishida  institutning O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, tadqiqotchi – Xodjamqulov Umid Negmatovichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Dissertatsiya Chirchiq davlat pedagogika institutining asosiy strategik ilmiy tadqiqot yo‘nalishi doirasida bajarilgan.


Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining maqsadi ta’lim turlari o‘rtasidagi manfaatli hamkorlik munosabatlariga bugungi kun talablari asosida yondashuvni nazarda tutadi.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.