Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1205 marta         Chop etildi: 2020-02-12         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


O‘ZINGIZ BUYUKDIR, SO‘ZINGIZ BUYUK...



Institut talabalar turar joyida buyuk bobokolonlarimiz tavallud kunlari munosabati bilan “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. TTJda yashovchi 4 ta qavat talabalari 5 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.

 


Tadbirda talabalar tomonidan sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining g‘azalu ruboiylaridan namunalar keltirildi. Diltortar raqslar gultastasi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.


Mazkur bellashuvda 4-qavatda yashovchi Pedagogika va Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

TTJda yashovchi talabalar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash hamda buyuk bobolarimizning ma’naviy merosiga bo‘lgan g‘urur va iftixor  tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan bellashuv ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.

Institut axborot xizmati.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.