Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 5063 marta         Chop etildi: 2020-06-25         Bo'limi: Yangiliklar


O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida



Talabalardan har kuni o‘qishni ko‘chirishga oid juda ko‘p savollar kelib tushadi, shu sababli mazkur mavzuga oid muhim ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildim.

Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?

Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko‘rib chiqamiz.


👉 Kunduzgi ta’limdan quyidagilarga ko‘chirish ruxsat etiladi:

• kunduzgi;

• sirtqi;

• kechki (smenali).


❌ Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


👉 Sirtqi ta’limdan ruxsat etiladi:

• sirtqi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);

• kechki (smenali).


❌ Sirtqi ta’limdan kunduzgi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko‘chirib bo‘lmaydi.


👉 Kechki ta’limdan ruxsat etiladi:

• kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);

• kunduzgi.


❌ Kechki ta’limdan sirtqi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko‘chirib bo‘lmaydi.


👉 Maxsus sirtqi ta’limdan boshqa ta’lim shakliga ko‘chirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida boshqa ta’lim shakllaridan maxsus sirtqiga ko‘chirish talabi ham rad etish uchun asos bo‘ladi. Faqat maxsus sirtqida bir ta’lim sohasi doirasidagina ko‘chirishga ruxsat etiladi.


👉 Shuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko‘chira olmaydi.


O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha muddatlar

 

O‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash quyidagi 9 ta bosqichda amalga oshiriladi. Bular quyidagilar:

 

Kuzgi semestr bo‘yicha

 

1️⃣-bosqich: 15 iyungacha

Hududlarda Ishchi guruh tashkil etiladi.

 

2️⃣: 15 iyuldan 5 avgustgacha

Talabalardan arizalar qabul qilish. Joriy yilda arizalar edu.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

 

3️⃣: 5 avgustdan 30 avgustgacha

Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo‘llanadi.

 

4️⃣: 2 sentabrdan 10 sentabrgacha

Ko‘chirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.

 

5️⃣: 1 oktabrgacha

Kontraktdagilar to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.

 

Bahorgi semestr bo‘yicha

 

6️⃣: 15 yanvardan 25 yanvargacha

Talabalardan arizalar qabul qilish

 

7️⃣: 25 yanvardan 15 fevralgacha

Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo‘llanadi.

 

8️⃣: 15 fevraldan 25 fevralgacha

Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda ko‘chirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.

 

9️⃣: 1 martgacha

Kontraktdagilar to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.



Manba: @xushnudbek kanali


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.