Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Test || Ko'rildi: 8093 marta         Chop etildi: 2020-06-06         Bo'limi: Davra suhbatlari


Onlayn muloqot



Institut rektorining 2020-yil 21-may №006-F sonli Farmoyishi asosida talabalar bilan o’tkazilgan Onlayn muloqotda berilgan savollar va bildirilgan takliflarga institut rahbariyati tomonidan berilgan 

JAVOBLAR

T/r

Berilgan savol, taklif, tavsiya

Javob

O’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha   savollarga O’quv ishlari bo’yicha prorektor I.Q.Haydarov javob berdi


Modulda qiyin bo’layotganligi sababli nazorat ishlarini telegram orqali topshirish mumkinmi?

Yo’q. Sababi nazorat ishlarini topshirish bo’yicha talab qilinadigan rasmiy hujjatlar uchun telegramm ma’lumotlari asos bo’la olmaydi. Biroq, institutning asosiy elektron platformasiga nazorat ishlarining joylashtirish uchun muddatlarni uzaytirish mumkin va bunga ruxsat beriladi. 


Matematika fanidan tsikl asosida Onlayn darslar tashkil etilsa guruhimiz bilan jon deb ishtirok etardik. Ustozlarimizning aksariyati rozi, ularga ruxsat bersalaringiz?!

Ruxsat beriladi. Buning uchun sharoit mavjud va ZOOM dasturi orqali onlayn darslar shaklida olib borish mumkin.


Modul hajmini ko’paytirish kerak 10mb kam

10 mb cheklangan miqdor. Bundan oshirishning imkoni yo’q. Sababi institutning Moodle (http://dl.cspi.uz) elektron platformasida topshiriqlarning yuklash uchun dasturda o’rtacha hajmi 10 mb hisoblanadi.


ZOOM dasturi orqali yetakchi professor-o’qituvchilarning videodarslarini tayyorlab uni, turli ijtimoiy tarmoqlar va Internet saytlariga joylashtirish yaxshi samara beradi.

Bu masalada ishlar boshlangan. Biroq, tasvir va jarayon talab darajasida emas. Shuning uchun rektorimizning topshirig’iga ko’ra 2020-2021 o’quv yilidan boshlab professor-o’qituvchilar tomonidan (Zoom va Google Meet dasturlari) orqali video va audio yozuvli darslarni tayyorlab  institut elektron kutubxonasiga joylashtirib borish yo’lga qo’yiladi. 


Onlayn bo’lganligi sababli bu o’quv semestrida faqat mutaxassislik fanlaridan yakuniy nazoratlar test shaklida o’tkazilib nomutaxassis fanlar chiqarib yuborilsa.

Bu masala biroz murakkab. Sababi, OO’MTVning 2009-yil 11-iyundagi 204-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizomi hamda 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi Nizomi talablari asosida amalga oshirish belgilab qo’yilgan. Mazkur Nizomlarni buzishga ruxsat etilmaydi.


Modulning ishlash sifatini kuchaytirish kerak. Modul sekin ishlayapti. Yakuniy topshirishlarda muammo bo’ladi, to’liq foydalana olmaymiz.

Moodle elektron platformacini ishlash sifatini oshrishi ustida mas’ullar ishlamoqdalar. Institutning 2020-yil 26-maydagi 17-sonli Kengash qarori bilan Yakuniy nazoratlarni shakliga qarab 2 kungacha muddat beriladi. Agar yakuniy nazoratlar davrida Moodle elektron platformasi texnik nosozliklar bo’lsa, yakuniy nazoratlar muddati uzaytirilib beriladi.


Ustozlar onlayn darslarini video tasvirga olib talabalarga taqdim etishsa ham talabalarga, ham bizdan keyingi talabalarga yaxshi bo’lar edi.

2019-2020 o’quv yilidan boshlab professor-o’qituvchilar  tomonidan (Zoom va Google Meet dasturlari) orqali videodarslar, audioyozuvlar tayyorlanib,  institut elektron kutubxonasiga joylashtirib borilmoqda.


Talaba platformaga kirgan vaqtidan boshlab vaqti hisoblansa yaxshi bo’lar edi.

Moodle elektron platformaciga talablar kirishi bilan ular tomonidan qaysi fanlarga kirganligi to’g’risidagi ma’lumotlar dastur bazasida saqlanib qoladi.


Agar iloji bo’lsa oraliq nazorat va yakuniy nazoratlarimizni vaqtini uzaytirib, kechqurunga o’tkazib berilsa

Moodle elektron platformasini ishlash sifatini oshrishi ustida ma’sullar ishlamoqdalar. Institutning 2020-yil 26-maydagi 17-sonli Kengash qarori bilan Yakuniy nazoratlarni shakliga qarab 2 kungacha muddat beriladi. Agar yakuniy nazoratlar davrida Moodle elektron platformaci texnik nosozliklar bo’lsa, yakuniy nazoratlar muddati uzaytirilib beriladi.


Yakuniy nazoratga ko’proq vaqt ajratilishini so’raymiz. Chunki joylarda internet tezligi juda past bщlgani sababli berilgan 30 daqiqa yetmayapti, vaqtini uzaytirish kerak.

Muloqotda ko’pchilik ushbu savolni bergandan keyin Moodle elektron platformacini ishlash sifatini oshirish ustida   ma’sullar ish boshladi. Bundan tashqari, institutning 2020-yil 26-maydagi 17-sonli Kengash qarori bilan Yakuniy nazoratlarni shakliga qarab 2 kungacha muddat berish belgilangan. Agar yakuniy nazoratlar davrida Moodle elektron platformaci texnik nosozliklar bo’lsa, yakuniy nazoratlar muddati uzaytirib beriladi.


Bo’ladigan yozgi amaliyotlar endi karantin tufayli qandan tartibda o’tkaziladi?

2019-2020 o’quv yili 2 yarim yillik o’quv grafigiga aosan amaliyotlar institutning 2020 yil 26 maydagi 17-sonli Kengash qarori bilan 2020-2021 o’quv yilining kuzgi semestriga o’tkazilish rejalashtirildi.


Internet sustligi va vaqtning kamligi sababli platformaga topshiriq joylashtira olmagan talabalar yakuniyga qo’yiladimi?

Hozirgi kunda respublikada internet pastligini inobatga olib, topshiriqlar uchun maksimal darajada vaqtini uzaytirish nazarda tutilmoqda.


Saytda qo’yilayotgan baholar yakuniylarga ta’sir etadimi?

2019-2020 o’quv yilida tahsil olayotgan 1-2 bosqich talabalari uchun oraliq nazoratda olgan baholari yakuniy nazorat baholariga ta’sir etmaydi. 3-bosqich talabalari esa joriy, oraliq nazoratlar reyting balli yakuniy nazoratlar reyting balliga ta’sir etadi. 


Bizning fanlardan darslarni saytda  programmalashtirib, ya’ni, onlayn test ko’rinishida  joylashtirilsa.

2019-2020 o’quv yilining 2-yarim yilligi Oraliq va Yakuniy nazoratlar Moodle elektron platformasiga fanlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda test yoki yozma shaklida joylashtirilmoqda.


Ba’zi topshiriqlarni va yakuniylarni bajarishda belgilangan vaqtdan o’tib ketsa baholarga qanday ta’sir qiladi va amaliyotlar qanday o’tiladi?

Topshiriqlarni topshirish muddati talaba tomonidan asossiz ravishda o’tkazib yuborilsa yakuniy baholarga ta’sir ko’rsatadi. Agar dasturda talabalarga bog’liq bo’lmagan holda biror texnik nosozliklar kelib chiqsa va bu muammo talaba tomonidan professor-o’qituvchilarga xabardor qilinsa, unga  topshiriqlar va yakuniy nazoratlar muddati uzaytirilib beriladi. 2019-2020 o’quv yili 2 yarim yillik o’quv grafigiga asosan amaliyotlar, Institutning 2020-yil 26-maydagi 17-sonli Kengash qarori bilan 2020-2021 o’quv yilining kuzgi semestriga o’tkazilish rejalashtirildi.


O’qishni ko’chirish mumkinmi? Shu yil agar ko’chirib bo’lsa qanday tartibda amalga oshiriladi?

OTMda talabalar o’qishini ko’chirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.Ushbu Nizomning 3-bob, 15-bandiga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalarining o’qishini ko’chirish bo’yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.


Men institutda shartnoma asosida o’qiyman. Shartnoma pulini qachongacha to’lash mumkin?

Pandemiya davrida shartnoma-shartlarini bajarish uchun aniq muddat belgilanmagan (maxsus sirtqi ta’lim shakli bitiruvchilaridan tashqari). Talaba kontraktini to’liq to’lamagan bo’lsa shartli ravishda yakuniy nazoratlarga kiritiladi.  Biroq, avgust oyida shartnoma shartlarini to’liq bajarilgandan keyin kursdan kursga o’tish uchun bo’yruq chiqariladi.

Ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha savollarga Ilmiy va innovatsiyalar bo’yicha prorektor O.E.Ziyadullaev javob berdi 


Yozgi ta’til davrida Ustoz shogird an’anasi asosida ilmiy maqolalar yozishni o’rganish yo’lga qo’yilsa ishtirok etar edik

2020-yil 29-yanvardagi “Institutda faoliyat olib borayotgan ilmiy darajaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilarning institut talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etishi to’g’risida” gi №01-066 sonli institut rektorining buyrug’iga asosan “Ustoz-shogird” tizimi bo’yicha davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil qilib kelinmoqda. Ushbu an’ana Yozgi ta’til davrida ham amalga oshirilishiga barcha sharoitlar mavjud.


Startap loyihalar uchun talabalar o’rtasida tanlov e’lon qilishni taklif etaman.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorining “Startap” loyihalarini tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to’g’risidagi Nizomga asosan kafedralar tizimida turli to’garaklar tashkil qilingan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan e’lon qilinadigan “Start-up” loyihasi tanlovida ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish uchun https://mininnovation.uz/uz/competitions/1869 yoki htpp://yoshlarakademiyasi.uz/tanlov.html veb sahifasi orqali ro’yxatdan o’tish va ishtirok etish mumkin.


Institut ichki olimpiadasini 2 oyda 1 marta o’tkazilish va yo’nalishlar kesimida reytingni  aniqlab berishni taklif qilaman.

Oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalari har yili belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Biroq, har ikki oyda bir marta fan olimpiadalarini o’tkazish qonun hujjatlariga mos kelmaydi.


Davlat tiliga e’tiborni nazarda tutgan holda xorijiy tillarni o’qitish maqsadida fakulьtetlar tomonidan “Til va adabiyot ta’limining dolzarb masalalari ” mavzuida onlayn ilmiy konferentsiyani tashkil etish kerak.

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o’tkazish bo’yicha har yil may-iyunь oylarida tegishli vazirliklarga belgilangan tartibdagi hujjatlar asosida taklif kiritiladi. Yuborilgan takliflar asosida turli vazirliklar tomonidan tuzilgan ekspertlar tomonidan muhokamadan o’tkaziladi. Ekspertlar tomonidan ijobiy xulosaga kelinsa va ular tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o’tkazish bo’yicha farmoyish chiqariladi va belgilangan tartibda anjumanlar o’tkaziladi.


Psycho Account №17 messenjer telegramdagi joylashgan kanal. Kelgusida kanalni nafaqat telegram messenjerida, balki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham rivojlantirishda, onlayn videokonferentsiyalar uyushtirish va boshqa usullarda institut tomonidan qanday ko’mak olishimiz mumkin.

Ushbu masala bo’yicha tegishli tartibda amaliy ishlar olib boramiz va natijalar bo’yicha ma’lumot taqdim qilinadi.


Bu yilgi Davlat stipendiyalari tanlovi qay tarzda amalga oshiriladi?

Oliy ta’lim muassasalari talabalarining nomdor davlat stipendiyalariga tanlov OO’MTV tomonidan amalga oshiriladi. 2020-yilda tanlav qanday tartibda o’tkazilishi to’g’risida hozirgi kungacha rasmiy hujjat yoki ma’lumot kelib tushmadi. Shuning uchun hozircha ushbu masala ochiq turibdi.


ZOOM dasturi orqali qo’shni davlatlardagi tajribali psixologlar bilan onlayn muloqotlar tashkil etishni yo’lga qo’yish kerak.

ZOOM dasturi orqali qo’shni davlatlardagi tajribali psixologlar bilan onlayn muloqotlar tashkil etishni yo’lga qo’yish muammo emas. Institutda mos  ravishdagi kafedralar kesimida xorijdagi hamkor OTM bilan kelishgan holda kelajakda ochiq muloqotlar tashkil qilishni rejalashtiramiz.

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ishlar bo’yicha  savollarga Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor B.E.Husanov javob berdi


Karantin davrida ko’p ishlarga o’rgandik. Buyumlar yasadik, ixtiro va ishlanmalar qildik. O’qish boshlangandan keyin ushbu ishlanmalar bo’yicha ko’rgazma tashkil etilsa va tanlov o’tkazilsa yaxshi bo’lar edi.

Yaxshi taklif. Taklif etilgan ko’rgazmani qachon, qayerda, qanday tartibda, nimalar namoyishi bo’yicha tashkiliy masalalarni kelishgan holda sentabr oyining 2-o’n kunligi doirasida amalga oshirish rejalashtirildi. Ungacha yasalgan narsalarning rasmi bo’yicha onlayn tanlovni o’tkazamiz.


Onlayn kitobxonlik tanlovini davom ettirilsa, faqat badiiy asarlar sonini kamaytirgan xolda.

Iyun oyida onlayn kitobxonlik tanlovi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Faqat tanlov shartlari biroz o’zgaradi. Tanlovda har bir talaba individual ishtirok etadi. Hozirda tanlovning shartlari ishlab chiqilmoqda. 


Tibbiyot psixologiyasi sohasi bo’yicha respublikamizdagi yetakchi olimlar, mutaxassilar bilan uchrashuv, muloqot va mahorat darslarini o’tkazishni yo’lga qo’yish kerak.

Iyun oyining birinchi o’n kunligida institut Xotin-qizlar qo’mitasi va Murabbiylar Kengashi hamkorligida Respublika Ma’naviyat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor  Jamila Shermuhamedova va “Azizam” psixologik klubi rahbari, taniqli psixolog Azizaxon Tashxodjaeva hamda “Doktor D” xususiy klinikasi rahbari, taniqli shifokor va ruhshunos Dilmurod Ergashov bilan onlayn muloqot o’tkazilishi rejalashtirilgan.


Institutda “Yosh ijodkorlar” saytini yaratish zarur.

Mumkin. Sayt reytingini ko’tarish uchun rasmiy saytimizga tegishli ma’lumotni joylashtirish kerak. Biroq, avval maqsad, vazifa va natijadorlik masalalarini aniqlab olish kerak. Shuningdek, iyun oyida institut telegram kanalida shu mavzuda diskussiyani tashkil qilsak zarar qilmaydi.


ZOOM dasturi orqali “Salomatlik-davr talabi” mavzusida Pedagogika va psixologiya yo’nalishi talabalari tomonidan “Tengdosh-tengdoshga”  shiori ostida onlayn muloqot tashkil etishga yordam berishingizni so’raymiz.

“Tengdosh-tengdoshga”  shiori ostidagi onlayn muloqotni iyul oyining birinchi o’n kunligida o’tkazish belgilandi. Kuni, vaqti institut rasmiy saytining “Yangiliklar” bo’limida kamida 3 kun oldin e’lon qilinadi.


18-maydan boshlab har bir fakultetda “Ma’naviyat haftaligi”ni o’tkazish yo’lga qo’yilganligi yaxshi ish bo’libdi. Aynan ana shunday ilmiy onlayn haftaliklarni “Mening ilmiy ishlarim” mavzusi doirasida konferentsiya ko’rinishda tashkil qilish mumkin.

Odatda, ilmiy konferentsiyalar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli ruxsati asosida avvaldan  rejalashtiriladi. Shuning uchun konferensiyani institutning ichki tartibi asosida tashkil qilishga harakat qilamiz. 


Institut tashkil etilganligining 3 yilligi munosabati bilan faol talaba qizlar o’rtasida “My institute is 3 years old” - tanlov e’lon qilsak. Tanlov orqali institutni reklama qilish va jozibadorligini oshirish ishlarini kuchaytirish imkoniyati yuzaga kelar edi. Tanlov g’oliblarini ham moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladi.

Ushbu tadbirni iyulь oyining uchinchi o’n kunligida o’tkazilsh rejaga kiritildi. Sababi institut tashkil qilingan sana 27 iyulь.  Tadbirning yakunlovchi qismi, ya’ni 27 iyulь kuni tadbirning eng faol ishtirokchilari institut rahbariyati tomonidan rag’batlantiriladi.


Institutda an’anaga aylangan kitobxonlik tadbirlarini onlayn orqali amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish kerak. Sababi oldimizda 3 oy vaqt bor. Kitobxonlar bu davrda zerikmasligi kerakda.

Kitobxonlik tanlovini onlayn shaklda tashkil etish  tartibi hamda o’tkazish shartlari o’zgardi. Shunga ko’ra, onlayn kitobxonlik tanlovida har bir talaba individual ishtirok etadi. Tanlov har oyda bir martadan o’tkazilib, yoz faslida 3 marta tashkil etiladi. Har oydagi natijalarga ko’ra g’oliblar e’lon qilib boriladi.

Moliya va iqtisodiyot ishlari bo’yicha savollarga Moliya va iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor O.A.Ortiqov javob berdi


Yozgi ta’til davrida tadbirkorlik bilan shug’ullanishni istagan talabalar uchun institut sharoit yoki amaliy ko’mak beradimi?

 Tadbirkorlik bilan shug’ullanishni hoxlovchi tabalalarga institut belgilangan tartib asosida ko’mak bera oladi. Yangi o’quv yilidan boshlab talabalarda tadbirkorlik va biznes ko’nikmalarini shakllantirish, o’z-o’zini band qilish va qo’shimcha kasb yoki hunar o’rgatish maqsadida tikuvchilik, oshpazlik, sartaroshlik, milliy hunarmandchilik, duradgorlik, o’quv kurslari, pedagogik-psixologik markaz xizmatlarini yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.


Kontraktni to’lagan kursdoshlarimiz puli to’liq kelib tushganligini bilishmayapti. Kontrakt to’laganlarning ro’yxatini olish mumkinmi.

 Kontrakt to’lovlari to’g’risida haftaning yakshanbasidan tashqari har kuni soat 10.00 dan 17.00 ga qadar Marketing xizmati (bo’lim boshlig’i Sanjar Raximov (99-8378110), inspektor Keldiyor Eshpo’latov (94-9262728), iqtisodchi Nigina Islomova (94-620.75.22), telegram raqami (99-0576720)ga murojaat qilish mumkin. Bundan tashqari, Marketing xizmati har 3 kunda 1 marta fakulьtetga to’laganlar va to’lamaganlar haqida ma’lumot taqdim etib bormoqda.


Stipendiyam tushmayapti, kontraktni mart oyida to’lab bo’lganman.

Agar shunday holat ro’y bergan bo’lsa, aniqlashtirib tegishli chorani ko’ramiz.. Yana shunday muammo yuz beradigan bo’lsa buxgalteriya bo’limi (Bekzod Aliqulov (97-6168840)dan aniqlashtirish mumkin.


Kontrakt pulini 2-yarim yillik uchun to’lovini hali to’lamagan edim. Endi esa banklar yopiq, qachon to’lasak bo’ladi? Muddati o’tib ketmaydimi?

Institut Kengashining Qaroriga ko’ra 2-yarim yillik uchun kontrakt to’lovlarini to’lashning oxirgi muddati 15 iyun deb belgilangan.


Institutda tadbirkorlik yo’nalishi bo’yicha “Tadbirkor talaba klubi” faoliyatini yo’lga qo’yish orqali talabalarda tadbirkorlik, biznes ko’nikmalarini shakllantirish, el tanigan biznes va ishlab chiqarish vakillari bilan uchrashuv va muloqotlarni tashkil etish kerak.


Juda yaxshi taklif va uni qo’llab-quvvatlaymiz. Shuningdek turli sohadagi biznes vakillari bilan treninglar o’tkazish ham mumkin.

Axborot-texnologiyalari bo’yicha savollarga Axborot texnologiyalar Markazi boshlig’i SH.Kuchkarov javob berdi


Platformaga joylanadigan videodarslarni xajmini qabul qilish 10 megabaytdan kam, qabul qilinadigan videodarslik megabaytni xajmini ko’paytirish mumkinmi?

Tizimga ko’p yuklama qilmaslik uchun 10 megabayt ajratilgan. Talabalar videodarslarni Youtube orqali yuklab olishlari va topshiriqlar ssыlkasini taqdim etishlari mumkin.


Internet sahifalari (telegram messendjerlar va boshqalar) orqali darsliklarni olish yoki bajarish uchun talabalarga qulayliklar yaratilsa yaxshi bo’lar edi.

Topshiriqni o’qituvchi beradi, talaba bilan ham o’qituvchi ishlaydi. SHu bois ushbu savol bevosita o’qituchiga tegishli


Serverlarni yangilash kerak. Modulь kunduz kunlari qotib qolmoqda.

ATM mazkur masala ustida ishlamoqda


Musiqa ta’limi yo’nalishidagi iste’dodli yoshlarning ijod namunalarini internet saytlariga joylashtirish mumkinmi?

Ha, albatta. Buni uchun xohish bo’lishi va qaysi ishni qayerga joylashtirishni bilsangiz bo’lgani


Musiqa ta’limida cholg’uchilik, teatr, qo’shiqchilik bo’yicha mahorat darslarini tashkil etish kerak.

Ushbu savolning ATMga daxli yo’q.


Institut sayti ishlamaydigan vaqtlarni oldindan e’lon qilinsa va bundan talabalar xabardor qilinsa, ortiqcha vaqt yo’qotishning oldi olingan bo’lar edi.

ATM mazkur masala ustida ishlamoqda


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.