Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1737 marta         Chop etildi: 2019-10-17         Bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari


ONA TILIM, SEN BORSAN, SHAKSIZ BULBUL KUYIN SHE’RGA SOLAMAN...



/ Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. / Ташкентская область Чирчикский педагогический институт / Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region.  / ONA TILIM, SEN BORSAN, SHAKSIZ BULBUL KUYIN SHE’RGA SOLAMAN... / yangilik / ona-tilim-sen-borsan-shaksiz-bulbul-kuyin-sherga-solaman /   /

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida 2019 yil 16 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdula Oripov ijodiga bag‘ishlangan “Ona tilim, sen borsan, shaksiz Bulbul kuyin she’rga solaman...” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Tarix va tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Kechada O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ca’dulla Hakim, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari Botirali Ergashev, “Favvora film” studiyasi badiiy rahbari Keldiyor Xo‘jayorov hamda shoirning turmush o‘rtog‘i Hanifa Mustafaevalar ishtirok etishdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborovning “Abdulla Oripovning milliy she’riyatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi ilmiy ma’ruzasi shoir fenomenini anglashda katta ahamiyat kasb etdi.

Tadbir ishtirokchilari ona tilimiz jozibasini Abdulla Oripov ijodi orqali yana bir bor his etdilar.

Institutning Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari ijrosidagi Abdulla Oripov qalamiga mansub “O‘zbekiston – vatanim manim!” qo‘shig‘i barchaga unutilmas lahzalarni in’om etdi.

                Tadbir so‘nggida shoirning rafiqasi Hanifa aya Mustafaeva Abdulla Oripovning ijod laboratoriyasi, ona tili – o‘zbek tilini sevish haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Garchi pedagog bo‘lishiga qaramasdan, Hanifa ayaning shoir vafotiga bag‘ishlab aytgan she’ri barchani to‘lqinlantirdi. O‘zbek tili yashar ekan, millat yashaydi, millat bor ekan,  Abdulla Oripovdek  fidoyi farzandlari uning qalbida mangu yashaydi.












Institut axborot xizmati

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.