Chop etdi: | Ko'rildi: 1183 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
“Yoshlar — kelajak bunyodkori!” shiori ostida o‘tkaziladigan “Yoshlar festivallari” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalarining festivali 2018 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.
2020 yil 11 noyabr kuni ushbu tanlovning oliy ta’lim muassasalariaro mintaqaviy bosqichi Guliston davlat universitetida o‘tkazildi. Tanlovning mintaqaviy bosqichida hududiy bosqich g‘oliblari – Guliston davlat universiteti hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari bellashdilar.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Chirchiq davlat pedagogika institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Qor qo‘ynidagi lolalar” nomli sahna asari uchun 1-o‘rin berildi.
Festivalning mintaqaviy bosqichida 1-o‘rinni egallagan Chirchiq davlat pedagogika institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.