Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1222 marta         Chop etildi: 2020-02-12         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


NAVOIY – TA’LIM VA TARBIYA RAHNAMOSI



           Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Tarix va tillar” fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti hamda musiqiy ta’lim kafedralari hamkorligida  g‘azal mulkining sultoni, mutafakkir va ulug‘ shoir – Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan “Navoiy – ta’lim va tarbiya rahnamosi” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

          

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til-adabiyot va folklor instituti katta xodimi, navoiyshunos olim – Sayfiddin Sayfulloh hamda uning shogirdi filologiya fanlari nomzodi Sirdaryo O‘tanova, Chirchiq shahrida joylashgan 62608-sonli harbiy qism askar va zobitlari,  “Maktab laboratoriyasi” tashkil etilgan 8-25- umumta’lim maktablarining pedagog va o‘quvchilari ishtirok etdilar.

        

   Tadbirning ma’rifiy qismida ma’ruzachilar tomonidan buyuk allomaning ibratli hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.

           Navoiy tavalludi munosabati bilan institutimizda “Navoiyni anglash” haftaligi tashkil etildi. Haftalikda amalga oshirilgan ishlar doirasida “Navoiy g‘azali suxandoni” chellendji hamda “Navoiyni anglamoq – o‘zlikni anglamoqdir” mavzusidagi insholar tanlovi o‘tkazildi. Chellendj va insholar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari institut faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Institut axborot xizmati.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.