Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 2993 marta         Chop etildi: 2019-12-16         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


MEN ELIMNING YURAGIDA YASHAYMAN..




Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi va musiqiy ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan birgalikda Hamid Olimjonning 110 yilligiga bag‘ishlab “Men elimning yuragida yashayman” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


Tadbirni Tarix va tillar fakulteti dekani, dotsent Ravshan Ikramov ochib berib, baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjonning qisqa lekin mazmunli hayoti haqida ma’ruza qildi. Keyingi so‘z tilshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Norqul Bekmirzaevga berildi. “Hamid Olimjonning ijod yo‘li” mavzusida shoirning “O‘zbekiston” she’rini o‘qib, uni birma-bir tahlil qildi, hamda shoirning Vatanga bo‘lgan muhabbati, vatanparvarligi xususida ma’ruza qildi.


Tadbirning badiiy qismi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi va musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda Hamid Olimjonning hayoti va ijodidan namunalar – Hamid Olimjoning bobosi Azim bobo, baxshi Fozil Yo‘ldoshlarning yosh Hamidning adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirishga qo‘shgan hissalari (sahna ko‘rinishida), “O‘rik gullaganda” she’rining yaratilishi (sahna ko‘rinishi), hamda Hamid Olimjonning vafotidan so‘ng Zulfiya Isroilovaning sog‘inch istiroblari sahna ko‘rinishida yoritib berildi. Shoir ijodidan she’riy guldastalar hamda “Kelgay” g‘azali va “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” she’riga kuy bastalab, jonli ijro etildi.


Tadbir so‘ngida professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, tadbirning talabalarga bergan ma’naviy ozuqasi yuksak bo‘lganligini ta’kidlab, tadbirda qantashgan professor-o‘qituvchilar va talabalarga minnatdorchilik bildirishdi.

Fakultet axborot xizmati 


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.