Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 400 marta         Chop etildi: 2020-05-20         Bo'limi: Axborot makoni


MATEMATIKADAN BILIMINGIZNI SINAB KO’RING!



OLDINGI TOPSHIRIQNING JAVOBLARI:





  1. 4 va 13 sonlari

  2. 31+31+1; 15+15+1; 7+7+1.


  3. Al-Xorazmiy taklif etgan va uning nomi bilan bog’liq bo’lgan algoritmni bilgan o’quvchi yutadi. Teskarisiga sanab chiqaylik: 17 soni aytilsa, raqibi 1,2, yoki 3 sonini aytadi va uni qo’shganidan keyin 18,19 yoki 20 hosil bo’ladi. Siz endi bu uchta sondan birini aytib, 21 ni hosil qilasiz va o’yinda g’olib chiqasiz. 17 deb aytish uchun 14,14 uchun 10,10 uchun 6,6 uchun 2 deb aytish kerak. Demak, birinchi o’quvchi algoritmni bilib, 2 deb boshlasa va raqibi nechchi qo’shsa ham 6 va hakazo 17 gacha aytsa, o’yinda yutadi. 

  4. 99x91=9009

  5. 4567898+4567898=9135796

 

YANGI TOPSHIRIQLAR:

  1. Birinchi va uchinchi raqamlari bir-biridan 1 dan ko’proqqa farq qiladigan uch xonali son yozing. Birinchi va uchinchi raqamlarining o’rnini almashtiring. SHu ikki sonlarning kattasidan kichigini ayiring. Ayirmadagi birinchi va uchinchi raqamlarning o’rnini yana almashtiring. Hosil bo’lgan sonni birinchi ayirmaga qo’shing. Natijada 1089 hosil bo’ladi. Nima uchun?

  2. Bir orolda 25 kishi yashaydi: ritsarlar, yolg’onchilar, ayyorlar.

Ritsarlar har doim rost gapiradi, yolg’onchilar faqat yolg’on gapiradi, ayyor esa berilgan savollarga tartib bilan javob beradi yoki yolg’on.

Hamma orol yashovchilariga uchta savol berildi: “Siz ritsarmisiz?”, “ Siz ayyormisiz?”, “Siz yolg’onchimisiz?”. Birinchi savolga 21 kishi “Ha” deb javob berdi, ikkinchi savolga 17 kishi, uchinchi savolga 9 kishi javob berdi. Bu orolda nechta ayyor yashaydi.

  1. O’nta to’dada tangalar bor, har birida 10 tadan tanga, bir to’dada hamma tangalar sohta. Bitta sohta tanga haqiqiydan 1 gr. ga ko’p. Haqiqiy tanganing og’irligi ma’lum. Sohta tangalarni to’dadan qanday qilib eng kichik o’lchamda aniqlasa bo’ladi? Tarozini tanlash sizga havola.

  2. Sonli rebusda bir xil harflar bir xil sonni, har xil harflar har xil sonni ifodalaydi. Quyidagi rebuslarni yeching:

DRAMA+DRAMA=TEATR;

BOL : OL=OL;

  1. Yulduzchalar o’rniga mos raqamlarni qo’ying:



Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.