Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 7595 marta         Chop etildi: 2020-05-22         Bo'limi: Yangiliklar


MATEMATIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR VA TADQIQOTCHILAR UCHUN STIPENDIYA JORIY ETILDI



Matematika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik Toshmuhammad Alievich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi.

Stipendiya respublika oliy ta’lim muassasalarida Matematika ta’lim yo‘nalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari va 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlarga tayinlanadi.

Stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarori asosida Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan ta’sis etildi.


Nizomni bu yerdan to'liq yuklab olishingiz mumkin.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.