Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1534 marta         Chop etildi: 2019-05-15         Bo'limi: Rasmiy tashriflar


MANFAATLI HAMKORLIKKA QADAM!



Joriy yilning 10 may kuni Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Wyoming” universiteti professor-oʻqituvchilari (professor Frederika Sues, fan nomzodi Dilnoz Hasilova) hamda institut professor-oʻqituvchilari, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv doirasida ikki tomon vakillari taʼlim muassasalarining mavjud infratuzilmasi, hozirgi kundagi faoliyati, hamda olib borilayotgan ishlari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtishdi.

Shu bilan birga Wyoming universiteti professor-o‘qituvchilari Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashib, “Axborot savodxonligi” mavzusida seminar-trening o‘kazishdi va universitet faoliyati haqida ham tanishitirib o‘tishdi.

Doʻstona tarzda oʻtgan uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar muhokama qilindi hamda yaqin kelajakda taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro “Anglashuv Memorandumi” imzolanishi kelishib olindi.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.