Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 45810 marta         Chop etildi: 2020-07-24         Bo'limi: Yangiliklar


Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz




O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 16-iyuldagi 87-06-599-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda institutda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda ta’magirlik bilan bog’liq holatlarni oldini olish maqsadida 2020-yil 24-iyul kuni institut rahbar-xodimlari, professor-o’qituvchilari va mutaxassis-xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali “Korruptsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida onlayn muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Chirchiq shahar prokurori, adliya katta maslahatchisi Ibragimov Baxtiyor Toyirjonovich ham ishtirok etdi.

Dastlab so’z olgan institut rektori, professor Muhamedov G’ofurjon Isroilovich ishtirokchilarga oliy ta’lim tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo’yicha institut “Yo’l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosi haqida ma’lumot berdi.

So’ngra so’zga chiqqan Chirchiq shahar prokurori Ibragimov Baxtiyor Toyirjonovich bugungi kunda yurtimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashda prokuratura tomonidan olib borilayotgan ishlar va bunda jamoatchilikning o’rni va roli haqida gapirdi. Xususan, bugungi pandemiya sharoitidan ba’zi nopok “tujjor” kimsalarning foydalanishga urinayotganligini hech narsa bilan oqlab bo’lmasligini aytib o’tdi. Prokuror yana o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida fuqarolarning korrupsiyaviy jinoyat, huquqbuzarlik va nojo’ya xatti-harakatlari uchun javobgarligi haqida ham eslatib o’tdi. 

Muloqotda 2020-2021 o’quv yilida amalga oshiriladigan vazifalar haqida kelishib olindi.


Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat

va ma’rifat bo’limi boshlig’i                                    A.Abdullaev


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.