Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1508 marta         Chop etildi: 2020-01-14         Bo'limi: Davra suhbatlari


KASABA UYUSHMASIDA YANGI YIL SPARTAKIADASI



O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar Kengashi hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti  Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan professor-o‘qituvchilar  o‘rtasida yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi yil spartakiadasi” sport musobaqalari o‘tkazildi.

            O‘tkazilgan musobaqalar institut professor-o‘qituvchilari va hodimlari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, sportni ommalashtirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat bo‘lib, institutda professor-o‘qituvchilar va xodimlardan iborat sport jamoalarini shakllantiirish, muntazam sport bilan shug‘ullanishni tizimli amalga oshirish mexanizmlarini yaratish, institut jamoasini turli spartakiadalarga tayyorlash, faol ishtirokini ta’minlash kabi qator vazifalarni maqsad qilgan.

Shu munosabat bilan institutning barcha fakultetlarida sport musobaqalari o‘tkazildi.           


Musobaqalarning taqdirlash marosimi 2019 yilning 29 dekabr kuni bayramona yasatilgan yangi yil dasturxoni atrofida o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori –G‘.I.Muxamedov, Chirchiq shahar hokimi o‘rinbosari – J.Matkarimov ishtirok etishdi. Tadbirda sport musobaqalari yakuni bo‘yicha TVChDPI kasaba uyushmasi raisi D.Zakirovning kichik xisoboti tinglandi hamda musobaqa g‘oliblari va nominantlarga O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar Kengashi tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaho sovrin va sport anjomlari taqdim etildi.


Shuningdek, musobaqani o‘tkazishda hakamlik qilgan, tashkiliy va uslubiy jihatdan asosiy ko‘makni tashkil etgan “Jismoniy madaniyat” kafedrasining 9 nafar o‘qituvchi va murabbiylariga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi 2020 yilda ham institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportni ommalashtirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni davom ettiradi...

 

Institut axborot xizmati.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.