Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 9273 marta         Chop etildi: 2020-10-21         Bo'limi: Yangiliklar


JAHONGA YUZ TUTGAN O‘ZBEK TILIM



Bugun O‘zbekistonimiz «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tilimizning xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etish bo‘yicha hukumat topshirig‘ining ijrosini ta’minlash hamda o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganligining 31 yilligiga bag‘ishlab joriy yil 20-oktabr kuni Toshkent vioyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan “Jahonga yuz tutgan o‘zbek tilim!” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan mazkur anjumanda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori B.Husanov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abdullayev, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Artilleriya qo‘mondonligi Toshkent harbiy okrugi 07984-sonli harbiy qismining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha komandir o‘rinbosari, podpolkovnik A.Toshmatov, Davlat tili asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati bo‘limi boshlig‘i A.To‘ychiyev, Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozoq milliy universiteti hamda Turkiya Respublikasi Firat universitetining professorlari va uchala mamlakatning talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori B.Husanov ochib berdi. So‘ngra navbat ma’ruzalarga berildi.

Dastlab Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori B.Mengliyevning  “O‘zbek tilining taraqqiyot omillari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

So‘ngra Turkiya Respublikasi Firat universitetining professori, filologiya fanlari doktori, turkolog olim Axmet Buranning Lingvistik aloqa va qardosh tillardagi o‘zlashma so‘zlarning  xususiyatlari mavzusidagi, Turkiya Respublikasi Firat universitetining professori, filologiya fanlari doktori Erkan Alkayaning “Turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar sharoitida umumiy alifboning ahamiyati” mavzusidagi, Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozoq milliy universiteti  professori, filologiya fanlari doktori Mayra Junisovaning “Til – milliy xazina” mavzusidagi, Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozoq milliy universitetining katta o‘qituvchisi Roza Baqbergenovaning “Tilini asragan – elini asraydi” mavzusidagi, Chirchiq davlat pedagogika instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Tojiboyevning “O‘zbek tilining taraqqiyot manbalari” mavzusidagi hamda Davlat tili asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati bo‘limi boshlig‘i A.To‘ychiyevning “Til taraqqiyotining qonuniy asosi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Tarix va tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining iqtidorli talabalari Toshpo‘latova Muxlisa hamda To‘lqinova Maxfuzalar o‘z ijod namunalaridan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar o‘qidilar.

Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilarga tashakkurnoma bildirilib, kelgusida o‘zaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashga kelishib olindi.


Institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.