Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 5226 marta         Chop etildi: 2020-11-05         Bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar


INSTITUTDA ONLAYN FAN OLIMPIADA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 2020 yil iyun oyida o‘tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan  talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.      

Mazkur olimpiadada  300 nafardan ortiq institut talabalari ishtirok etishdi. Shular orasidan 9 nafar institut talabalari faxrli o‘rinlarni egallashdi. Ushbu ko‘rsatgich   olimpiada natijalari bo‘yicha Chirchiq davlat pedagogika instituti respublika OTMlari orasida 14 o‘rinni egallaganligini ko‘rsatib turipti.

Viloyatda joylashgan OTMlari orasida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari  ko‘rsatgan natija eng yuqori ekanligi institutdagi ta’lim sifatiga qaratilgan e’tiborning, qolaversa, institut professor-o‘qituvchilarining mehnatlari mahsulidir.

Respublika onlayn fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalariga sertifikat va pul mukofotlari topshirildi.


Institut axborot xizmati.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.