Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 2510 marta         Chop etildi: 2019-12-18         Bo'limi: Davra suhbatlari


HAMKORLIKDA MASTER-KLASS MASHG‘ULOTLARI OLIB BORILDI



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda “Tarix va tillar fakulteti”ning Tarix kafedrasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi Fanlar Akademiyasi  Umumiy tarix instituti “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari  Markaziy Osiyo tarixi” bo‘limi boshlig‘i  – Kotyukova Tatyana Viktorovna ishtirokida  “Восстание 1916 г..: штрихи к историческому портрету” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida master- klass darslari bo‘lib o‘tdi.


Ushbu uchrashuv yurtimiz tarixi bo‘yicha 1916 yilgi qo‘zg‘olonlarning xorijiy davlat arxivlari va adabiyotlarida yoritilishi hamda shu mavzu doirasida xorijda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashkil etildi.

Master-klass mashg‘uloti  juda qiziqarli  olib borildi,  dars so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga  javob oldilar. Tashrif jarayonida Tatyana Viktorovna institut tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi”   muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

 

Professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan suhbatda kelajakda ilmiy tadqiqotlar tashkil etish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.


Institut axborot xizmati.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.