Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 3775 marta         Chop etildi: 2020-02-24         Bo'limi: Yangiliklar


HAMKORLIK TADBIRLARI DAVOM ETADI...



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at” kafedrasi tomonidan “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri” doirasida  Piskent tumanidagi  22-umumta’lim maktabida ceminar-trening va master-klass mashg‘ulotlari tashkil etildi. 

“Tasviriy san’at” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, to‘garak rahbarlari hamda iqtidorli talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda kafedra o‘qituvchisi I.Marasulova hamda shu maktab o‘quvchilari ishtirokida “Chizmachilik” fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida, institut faoliyati aks etgan videolavha namoyish etildi. Maktab faollar zalida institut iqtidorli talabalarining tasviriy va amaliy san’at sohasida yaratgan ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. 

Kafedraning kunduzgi va maxsus-sirtqi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan  portret ishlash, yog‘och buyumlariga naqsh o‘yish, loydan mayda plastik haykallar yasash, buyumlarga miniatyura ishlash bo‘yicha master-klass mashg‘ulotlari olib borildi.

Tadbir so‘ngida, maktab o‘quvchilari bilan amaliy suhbat va savol-javoblar o‘tkazildi. Tadbirda faol ishtirok etgan maktab o‘quvchilariga institut logotiplari tushirilgan esdalik sovg‘alari va kitoblar sovg‘a qilindi.


Institut axborot xizmati.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.