Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 1656 marta         Chop etildi: 2020-01-12         Bo'limi: Yangiliklar


XALOSKORSIZ OFAT KELSA BOG'IMGA...



Tinch, osoyishta zaminda yashayotganligimizda chegarada sergak turgan mard va jasur o’glonlarimizning xizmatlari katta. Ular tinchlik va osoyishtaligimiz posbonlaridir…
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati shiori ostida “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.


 Uchrashuvda Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qism komandirlari, orkestor jamoasi, institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olishdi.



Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda 2019-2020 o'quv yili davomida ilmiy, ijodiy jarayonlarda faollik ko’rsatgan tashabbuskor yoshlar turli nominatsiyalarda institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining maxsus statuetkalari bilan taqdirlandi.


Tadbirning badiiy qismida qo‘mondonlikning orkestr jamoasi hamda institut musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari hamkorligida konsert dasturi namoyish etildi.


Institutda o’tkazilgan “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbir jarang sochgan kuy-qo’shiqlar sadosi ostida ko’tarinki kayfiyatda yakunlandi.






Institut axborot xizmati.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.