Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi 18/4 guruhi talabalari guruh rahbari Gulmira Tojiboyeva boshchiligida 1927 yilda tug'ilgan Gataulin Hamza Sanagatovich hamda 1928 yilda tug'ilgan Sefukova Munira Hamzinovna xonadonida bo‘lishib, ularni bayram bilan tabriklashdi.
Hamza Sanagatovich Surxondaryoda Jarqo'rg'on avtomobilsozligida bosh muhandis bo'lib ishlagan, ayoli Munira Hamzinovna esa 60 yil rus tili va adabiyotidan saboq bergan.
Ikkala mehnat faxriylari Rossiyada, 1943 yildan beri Bashkiriyada (Ufa) front ortida ishladilar. Keyinchalik esa Rossiyadan Surxondaryoga ko'chib o'tishgan. Hozirda ular Chirchiq shahrida dorilomon kunlar shukronasini qilib yashashmoqda.