Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1232 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
20 000 000 so'mlik sovrin egasi bo'lishni istaysizmi?
Yosh avlod kamolatiga o'z hissangizni qo'shishni va mashxur bo'lishni orzu qilasizmi?
O'zingiz yoqtirgan ish bilan shug'ullanadigan va keyingi loyiha uchun mablag'ni qayerdan topish haqida o'ylaydigan doimiy ish topishni xohlaysizmi?
Siz rejissyormisiz yoki ushbu kasb asoslarini o'rganyapsizmi yoki ijodiy g'oyalaringiz bor va ularni amalga oshirish orzusidamisiz?
Demak. "Bolalar uchun video" tanlovi siz uchun!
Tanlovga ko'ra, pul mukofotlarini qo'lga oladigan uchta g'olibni aniqlaymiz.
1 - o'rin 20 000 000 so'm.
2 - o'rin 10 000 000 so'm.
3 - o'rin 5 000 000 so'm.
Tanlovda qatnashish uchun:
1. 3 daqiqadan ko'p bo'lmaydigan videoni tayyorlang.
2. Videoning mavzusi: bolalar uchun ko'ngil ochar, rivojlantiruvchi video.
3. Tayyor videoni www.promo.ikids.uz saytimizga yoki t.me/promoikids_uz manzili bo'yicha Telegramdagi maslahatchimizga yuboring.
P.S. ijodiy g'oyalaringizga erkinlik bering!
Tanlov natijalariga ko'ra, g'oliblarga sovg'alardan tashqari bolalar uchun videofilm ishlab chiqish bo'yicha uzoq muddatli ish ham taqdim etiladi!