Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 3424 marta         Chop etildi: 2020-11-12         Bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar


Chirchiqda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.



Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasini o‘zida mujassamlagan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bugun Chirchiq davlat pedagogika instituti faollar zalida ham tashkil etildi.


Targ‘ibot tadbirlarida Chirchiq shahridagi “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ishtirok etdi.  Mahalla aholisi uchun xalq hunarmandchiligi buyumlari, amaliy san’at ishlanmalari,  yosh rassomlar ijodiiy ishlari ko‘rgazmasi, innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.


Targ‘ibot loyihasining bosh maqsadi, xalqimiz aholisi orasida islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashash tuyg‘ularini mustahkamlashdan iboratdir. Tadbir davomida, “Yangilanayotgan O‘zbekiston” loyihasi doirasida tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.


Institut axborot xizmati.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.