Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Shuxrat || Ko'rildi: 824 marta         Chop etildi: 2019-09-19         Bo'limi: Rasmiy tashriflar


Chirchiq davlat pedagogika instituida chet el bilan istiqbolli rejalar



Rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 18 sentabr kuni Germaniya Akademik almashinuv xizmati koordinatori Simon Kretchmer va Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati hamda O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari Assotsiatsiyasi raisi  Xurram Raximov institutmizga tashrif buyurishdi va institut rahbariyati, Tarix va tillar fakulteti dekani ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ta’lim tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida yanada rivojlantirish, chet el ta’lim muassasalarini ilg‘or tajribasini joriy etish, o‘zaro manfaatli hamkorlik, ta’lim tizimiga chet el innovatsiyalarini jalb etish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda Germaniya ilmiy va ta’lim loyihalarida ishtirok etish, ularga a’zo bo‘lish shartlari, DAAD doirasida Germaniyada qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish, ilmiy izlanishlar olib borishni moliyalashtirish bo‘yicha turli masalalar bilan tagishib chiqildi. Rasmiy uchrashuvdan so‘ng, institutimizga tashrif buyurgan xorijlik mutaxassislar tomonidan Tarix va tillar fakulteti o‘qituvchilari va talabalariga “Olmon-O‘zbek tarjimashunoslik tarixi” va “Germaniyada ta’lim” mavzularida master-klasslar tashkil etildi. Ushbu tadbir davomida Germaniya Akademik almashinuv xizmati koordinatori Simon Kretchmer nemis ta’lim tizimi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, chet ellik talabalar uchun nemis tilini o‘qitish bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.