Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 2375 marta         Chop etildi: 2020-01-16         Bo'limi: Yangiliklar


INSTITUTDA “REKTOR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori G‘. I. Muhamedov, soha prorektorlari va “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim”, “Pedagogika” fakultetlarining talaba-yoshlari ishtirok etishdi.


Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga minbar berildi.  Talabalar o‘zlarining taklif, mulohaza va savollari bilan institut rahbariyat jamoasiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.  Savollarga institut rektori va prorektorlari tomonidan  javoblar berildi.

“Pedagogika” fakulteti, Maktab menedjmenti yo‘nalishi talabasi tomonidan quyidagicha savol berildi:

– Men Maktab menedjmenti yo‘nalishida tahsil olaman. Yo‘nalishimizda asosiy e’tibor boshqaruv tizimiga qaratiladi. Lekin biz o‘qishni bitirgan zahoti boshqaruv tizimida ishlay olmaymiz, buning uchun bizda ish staji  va tajriba bo‘lishi kerak, shu sababdan, bizning yo‘nalishimizga qo‘shimcha yo‘nalish kiritilish imkoniyati bormi?

  • O‘rinli taklif. Bu masala bo‘yicha  Oliy ta’lim vazirligiga tavsiya beramiz.

Savol-javob va muhokamalar shu tarzda olib borildi...


Shu hafta davomida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi institutning boshqa fakultetlarida ham davom etadi...

Institut axborot xizmati. 

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.