Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 3785 marta         Chop etildi: 2019-12-18         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


“BUVIJONIM KIYGAN LIBOSLAR” YOXUD XOTIN-QIZLAR MASALASI



Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida xalqimiz ma’naviyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz tarixi, ma’rifati va go‘zalligini qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda “innovatsion tarbiya klasteri” asosida milliylik va zamonaviylikni  uyg‘unlashtirish maqsadida “Buvijonim kiygan liboslar” nomli ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar Qo‘mitasi raisi, professor – Elmira Basitxanova, viloyat va Chirchiq shahar hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi raislari, mahallarda istiqomat qiluvchi faol ayollar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 


Tadbirning bosh maqsadi, o‘zbekona kiyinish madaniyati, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, g‘arb kiyinish madaniyatiga taqlidning oldini olish, zamonaviy kiyinishning xalq qadriyatlariga ta’siri hamda kiyimlarning xalqimiz qadriyatida tutgan o‘rni masalalarini yoshlarga ilmiy va ta’limiy asoslarini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.

Ma’naviy–ma’rifiy tadbir davomida buvijonlarimiz kiygan liboslarda milliylikni aks ettirilishi haqidagi suhbatlar tashkil etilib, milliy liboslarimizning tarix va zamonaviylik bilan bog‘liqligi haqidagi videorolik takdimoti bo‘lib o‘tdi. Buvijonlarimizning o‘gitlariga asoslangan kichik sahna ko‘rinishlari hamda talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.


Muassasada talabalar qatlamining asosiy qismini (jami: 9200 nafar talabalar, 6000 ortig‘i xotin-qizlar)  xotin-qizlar tashkil etishini inobatga olgan holda, mana shunday tadbirlarning tashkil etilishi xotin-qizlar, talabalar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Buvijonlarimiz kiygan liboslar zamonlar, davrlar o‘tsa hamki, o‘z milliylik mohiyatini yo‘qotmaydi. 

Institut axborot xizmati. 


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.