Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 531 marta         Chop etildi: 2020-05-07         Bo'limi: Axborot makoni


“BIZ HAYRATLANDIK, SIZGA HAM ILINDIK” Mandarin haqida eng qiziqarli ma’lumotlar




Qadimgi Xitoyda mandarinlar baxt, boylik va abadiylik ramzi hisoblangan. Shuning uchun ham xitoyliklar mehmonga borganda mandarin mevalarini olib borganlar. Bu ularga hamma yaxshiliklarni mandarin orqali tilganliklarini bildirgan. Yana ular mehmon bo’lib kelganlarga ham mandarin berishgan. Aytishlaricha, mandarin xitoy tilida “boylik” degan ma’noni bildiradi.

 

Xitoy falsafasida 8 sanasi “farovonlik” degan ma’noni anglatadi. Agar taomga 8 ta mandarinni solsa, farovonlik abadiy bo’ladi deyishadi.

 

Mandarinning vatani Xitoy. Keyinchalik bu mevani boshqa davlatlar ham yetishtira boshlaganlar. XIX asrda mandarin mevasini Yevropa va janubiy Afrikaga yetishtirish kirib kelgan. Sovet davrida mandarinlar Abxaziyada yetishtirilgan.

 

Abxaziyada mandarinlarni Nikolay Vasilevich Igumanov yetishtirgan. 1901-yili Nikolayni Kavkazga surgun qilishda. Aslida bu boy o’zini uyida bayram o’tkazadi va mehmonlarni hayratga solish maqsadida polga tilla tangalarni otadi. Bu tilla tangalarda shoxni rasmi tushirilgan edi. Imperatorni rasmini oyog’i bilan toptagan degan ayb bilan surgun qilinadi.

 

Uni Alaxadza qishlog’iga jo’natishadi. Bu yerda ham tinib tinchimagan Igumanov o’zini qobiliyatini ishga soladi. U bog’bonlik bilan shug’ullanadi va shu bilan birga mandarinlarni ham yetishtiradi.

 

Mandarin daraxti chidamli daraxtlar sarisiga kiradi. Meva uzoq 6 dan 8 oygacha pishadi. O’rtacha bitta daraxtdan taxminan 600 ta meva olinadi. Eng katta yoshli daraxtlar mevasi 5 000 gacha yashashi mumkin.

 

Ommaviy mandarinlarni ekish 1963-yildan boshlangan. Mandarinlarni g’arq bo’lib pishishi noyabr oyiga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham mandarinlar yangi yil bayramida dasturxonimizni bezab turadi.

 

Mandaringa dunyoda mashhur bo’lishiga qaramasdan mandarin ichimligini topish mumkin emas. Buni shu bilan tushuntirishadiki, ichimlik tayyorlanayotgan vaqtda hamma foydali xususiyatlarini yo’qotadi. Yana mandarinni siqsa, juda kam miqdorda sharbat olish mumkin. Mandarinni ta’mi o’zgacha u hammaga ham yoqavermaydi.

 

       Olimlarning olib borgan tadqiqotlariga qaraganda mandarin kayfiyat ko’tarish xususiyatiga ega ekan. Uni xidi asabiylikdan chiqaradi, tinchlantiruvchi va insonni quvvat bilan quvatlantiradi. Ko’pchilik insonlar tish doktoriga borishdan qo’rqishadi, mana shunda bir dona mandarin eyilsa insondagi qo’rquv hissi kamayadi.

 


 


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.