Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 3501 marta         Chop etildi: 2020-02-29         Bo'limi: Ommaviy tadbirlar


BIZ BILGAN VA BILMAGAN ABAY



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi PQ-3598-son Qarorida shunday deyiladi: “Buyuk ma’rifatparvar shoir va mutafakkir, xalqlar do‘stligining otashin kuychisi – Abay Qo‘nonboevning sharafli nomi  va boy ijodiy merosi nafaqat qozoq xalqi, ayni paytda, butun turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining ham qalbida bezavol yashab kelmoqda”.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida qozoq mumtoz adabiyotining asoschilaridan biri, ma’rifatparvar shoir – Abay Qo‘nonboevning 175 yilligiga bag‘ishlangan “Abay Qo‘nonboev – buyuk ma’rifatparvar shoir, mutafakkir va turkiy xalqlar do‘stligining otashin kuychisi” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Qozoq milliy madaniyat markazi, Chirchiq shahar xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.


         Tadbirda qozoq milliy madaniy markazi raisi, Turon Akademiyasining akademigi – Serikbay Usenov, O‘zbekiton Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi – Qaldibek Seydanov, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi maslahatchisi – Ruslan Duysenov, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi maslahatchisi – Rashid Oshaqbaev, Qozog‘iston Respublikasi O‘zbek etnomadaniyat markazining raisi – Ikromjon Xoshimjonov, Abayshunos – Abdulla Rustamov ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga shoirning ijodi, asarlari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.


Adabiy-ma’rifiy tadbirda Chirchiq shahar Qozoq milliy madaniy markazi, 14, 31-sonli umumta’lim maktablarining hamda Chirchiq davlat pedagogika institutining talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.




Institut axborot xizmati.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.