Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 527 marta         Chop etildi: 2020-05-14         Bo'limi: Axborot makoni


AGAR…



AGAR AKTUALLASHISHNI ISTASANGIZ

 


Shaxsning aktuallashishi maxsus mashqlarda qatnashish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni oilada, ishda, er-xotin munosabatlarida mavjud muammolarni to’g’ridan-to’g’ri hal qilish mumkin. Buning uchun kommunikativ ko’nikmalarni yaratishga yordam beruvchi maxsus mashqlar mavjud.

Biz o’z maqsadimizni amalga oshirish uchun juft bo’lib bajariladigan treningdan foydalanamiz. Oddiygina mashqlar sizning e’tiboringizni muloqotning ayrim muhim tomonlariga qaratadi. Siz ushbu holatlarda qanday harakat qilishning ongli tajribasiga ega bo’lasiz, qanday muammolar paydo bo’lishi va nimaga e’tibor qaratish kerakligini o’rganasiz.

Natijada bo’layotgan voqealarga yangicha qaray boshlaysiz. Endi siz hayotiy sharoitlarni ongli ravishda kuzatish va nazorat qilish imkoniyaga ega bo’lasiz. Natijada har bitta sharoit sizda oldingidek faqat har xil tushunmovchiliklar va psixologik travmalar keltirmasdan qo’shimcha tajriba beradi va sizning kommunikativ kompetentligingizni oshiradi.

Eng avvalo hissiyotlaringizni aktiv ravishda bayon qilish qobiliyatini mashq qildirishingiz kerak. Bular uzoq vaqt davomida his qilishni istaydigan ijobiy hislarmi yoki ulardan tezroq holos bo’lishni istaydigan salbiy hislarmi, baribir ularni bayon qilish kerak. siz o’z hissiyotlaringizni qabul qilish va ularni iloji boricha aniq tasvirlab berishni o’rganishingiz kerak. hissiyotlarni ichkariga yo’naltirish yoki sublimatlash va keyin uning agressiv inversisiga aksincha ochiq, o’ziga ishonch bilan va aql bilan bayon etilgan hissiyotlar muloqotni erkinlashtiradi va uni muvaffaqiyatli qiladi.

Haqoratlash, buyruq berish, javob berish mumkin bo’lmagan savollar, yolg’on dalillar, umumlashtirishlar, shaxsiyatga tegish, kinoya, dag’dag’a, ayblovlar, ta’nalar, gina qilish, baho berishlar hissiyotlarni ochiq bayon qilishga xalaqit beradi.

Harakatlarning quyidagi ketma-ketligini mashq qilamiz:

aynan kim hissiyotni boshdan kechirayotganligini aytish (ya’ni “Men” olmoshini qo’llaymiz);

hissiyotlarni “nomi” bilan ataymiz;

bu hissiyotni chaqirgan voqea yoki o’zini tutishni aniq tasvirlaymiz.

Hozirda his qilinayotgan va o’tmishda boshdan kechirilgan hissiyotlar ham aytiladi.

Shu bilan bir vaqtda partneringizning hissiyotlari ichiga tinglash, qaytarish va qayta so’rash yordamida kirib borishni mashq qilasiz.



DANGASALIK NIMA?


Dangasalik –bu ko’pchilik o’ylaganidek sabab emas, balki oqibatdir. Siz ham ko’pchilik qatori ancha yillardan beri o’z dangasaligingizni hayotdagi o’z maqsadlaringizga erisha olmayotganligingizning asosiy sababi deb yurgan bo’lsangiz ajab emas. Agar shunday bo’lsa, quyida keltiradigan ma’lumotlar Siz uchun foydadan xoli bo’lmaydi:

 Gap shundaki dangasalik aslida kasallikdir. Dangasalik – bu ichki qo’rquvlarning, ichki to’siq-bloklarning tanamizda, ruhiyatimizdagi aksidir.

YA’NI DANGASALIK – BU SABAB EMAS, BALKI OQIBATDIR.

Ko’pchilik o’z maqsadlariga erisha olmayotganining asl sababi sifatida o’zining dangasaligini ko’rsatadi. Bunday insonlar o’zi haqida quyidagilarni ta’kidlashadi:

-“Bir ishni boshlasam, yarmida tashlab ketaman, chunki dangasaman”, Dangasalik sabab emas oqibat! Buni yaxshilab anglab oling!

- “Hech bir ishni dangasaligim sababli oxiriga yetkaza olmayman”;

- “Bir ishni katta qiziqish bilan boshlayman, lekin bir ozdan so’ng qiziqishim ham, quvvatim ham so’nib qoladi”;

- “Maqsadimga erishishim zarurligini bilsamda, dangasaligim oldida hech narsa qila olmayapman”.

Qisqasi o’z muvaqqiyatsizligining asl sababini dangasalik deb o’ylashadi va qattiq adashadilar. Chunki dangasalik sabab emas, balki oqibatdir. Shunday ekan, aslo dangasa bo’lmang!



Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.