Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 8652 marta         Chop etildi: 2020-10-12         Bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar


5 MUHIM TASHABBUS IQTIDORLILAR UCHUN – IMKONIYAT ESHIGI




Joriy yilning 9-oktabr kuni Institut 5 tashabbus Markazi Chirchiq shahridagi 71201-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda institut Aniq fanlar fakulteti ARMida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida mahorat saboqlari tashkil etildi.

Ma’rifiy tadbirni Aniq fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Narmanov ochib berdi

Birinchi mahorat darsida tashabbusning uchinchi yo‘nalishi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Informatika kafedrasi o‘qituvchisi S.Azimqulov tomonidan kompyuterlarni masofadan boshqarish bo‘yicha qism harbiy xizmatchilariga saboq berildi.

To‘rtinchi yo‘nalish – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo‘yicha Defektologiya yo‘nalishi 18/1 guruhi talabasi Mirtursunova Malohat hamda O‘zbek tili va adabiyoti 18/2 guruhi talabasi Jo‘raeva Nazokatlar tomonidan badiiy asarlarning qahramonlari orqali uning nomini topish bo‘yicha viktorina o‘yini tashkil etildi hamda ular tomonidan ona tilini ulug’lovchi she’rlar o‘qildi.

         Tadbir so‘ngida ishtirokchilar ma’rifiy yo‘nalishdagi bunday tadbirlarni muntazam tashkil qilib turishga kelishib oldilar.



Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.