Tillar:       O'z       En       Ру    

Test

Chop etdi: Raxmatilla || Ko'rildi: 5284 marta         Chop etildi: 2020-06-24         Bo'limi: Yangiliklar


16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi



Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko‘ra:

✅  Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi. (abiturientga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan).


✅ Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.


✅ Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abiturientga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko‘zda tutilgan).


Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali.


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.