Tillar:       O'z       En       Ру    

Xusanov Baxodir Ergashevich



Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor

Xaydarov Ilxom Qudratovich

Falsafa fanlari nomzodi
Qabul kunlari:
Seshanba, Juma

Tamomlagan:


Telefon:

Faks:
e-mail:

         

                                                 


1993 yilda  О‘zbekiston Milliy universiteti (avvalgi Toshkent davlat universiteti)ni  filosofiya о‘qituvchisi mutaxassisligi bо‘yicha tamomlab, ilmiy  pedagogik faoliyatini universitetning Etika va estetika kaferasida  boshlagan. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 42 nafar  bakalavrning malakaviy bitiruv ishiga, 23 nafar magistrantning  dissertatsiyasiga va 1 nafar fan nomzodligi dissertatsiyasiga rahbarlik  qilgan. 48 ta ilmiy maqola, 1 ta risola, 3 ta uslubiy  qо‘llanma, 1 ta elektron о‘quv qо‘llanma, 2 ta о‘quv qо‘llanma, 2 ta  darslik muallifi. Bakalavr ta’lim yо‘nalishlarida “Etika”,  “Estetika”, “Axloq falsafasi”, “Nafosat falsafasi”, “Notiqlik san’ati”  fanlaridan, magistratura mutaxassisligida “Etika va estetika asoslari”,  “Boshqaruv etikasi”, “Etika va estetikaning nazariy asoslari” hamda  jamoat tashkilotlarida “Notiqlik san’ati”, “Boshqaruvda rahbar  notiqligi”, “Boshqaruv etikasi va rahbar madaniyati” kursidan ma’ruzalar  о‘qiydi. 2011 yilda “ITD – 4 – 159-Shaxs ma’naviy axloqiy  (estetik) kamolotini rivojlantirish” va “ITD – 4 – 160-Ta’lim tizimida  falsafa fanini о‘qitishning takomillashtirilgan о‘quv-metodik  ta’minotini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish” mavzuidagi loyiha  ishtirokchisi hamda 2016-2018 yillarga mо‘ljallangan “OT-A1-98  «Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik  tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari» amaliy loyihasi rahbari  bо‘lgan. U О‘zbekiston Milliy universitetida kafedra  mudiri, fakultet dekani, Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i,  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.