Tillar:       O'z       En       Ру    

Iqtidorli talabalar

Chirchiq davlat pedagogika institutini iqtidorli talabalari 

Chirchiq davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash va munosib rag’batlantirish borasida ijobiy an’analar shakllanib kelmoqda. Institutda iqtidorli talabalarni ilmiy izlanish va ijodiy muhitga kirib kelishlari ularni Respublika fan olimpiadalari, turli tanlovlar, davlat dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga jalb etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, konferensiya va seminarlar, talabalar ilmiy jamiyatlari va konstruktorlik byurolariga jalb qilish, shuningdek, ilmiy va ommaviy nashrlarda maqola, hikoya va she’rlarini chop etishlari va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari har yili Respublika fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqda.


MO'MINOVA XURSANOY RASULJON QIZI

  1996-yil Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug'ilgan. Aniq fanlar fakulteti  Matematika o'qitish metodikasi yo’nalishi 3-bosqich talabasi.

   Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi.   1 ta xalqaro, 2 ta respublika miqyosidagi maqolalar muallifi.   O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan  2017-2018 hamda  2018-2019 o'quv yillari davomida moddiy qo'llab-quvvatlanishga tavsiya etilgan.   2019 yil oktabr oyida bo`lib o`tgan  Samarqand "5T Youth Forum"da "Kitobxon oila – kitobxon jamiyat" mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etgan.   Rus tilini mukammal biladi.  Hayotdagi shiori: Har bir narsadan go'zallik topish!  Qiziqishi: Tillarni va IT sohasini o'rganish.  Eng sevimli mashg'uloti: Mutolaa.  Eng sevimli asari: Nodar Dumbadze – "Abadiyat qonuni", Said Ahmad – "Ufq".


TOSHPO'LATOVA MUXLISA CHINPO'LAT QIZI

  1999-yil Toshkent viloyati Piskent tumanida tavallud topgan. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi
2-bosqich talabasi. 3 ta she'riy to'plam, 2 ta ilmiy maqola, 50 dan ortiq publitsistik maqolalar hamda "Yilning eng yaxshi kitobi" muallifi. Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o'tkazilgan tanlovlarda
“1-tashabbus innovatori” deb topilgan.


RASULOVA GULINISO ANVAR QIZI

1998 yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi. 10 ta xalqaro, 15 dan ortiq respublika miqyosidagi maqolalar muallifi.  2017-2018,  2018-2019 o‘quv yillarida Respublika fan olimpiadasida “Eng yaxshi ijodiy ish” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.

Rus tilini mukammal biladi.

Hayotdagi shiori:Tasavvur qil,his et,natijaga erish

Qiziqishi: Art-terapiya usullarini o‘rganib borish

Eng sevimli mashg‘uloti: mutolaa

Eng sevimli asari: Said Ahmad –  “Ufq”, O‘tkir Hoshimov –  “Ikki eshik orasida ”


YO‘LDOSHEV AVAZBEK ABDURASHID O‘G‘LI

1996 yil Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  Tarix va tillar fakulteti,  Milliy g‘oya: ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

Institutda o‘zining o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, namunali xulqi,  tarbiyasi hamda jamoat ishlarida faolligi  uchun ota-onasiga institut rektori nomidan tashakkurnoma e’lon qilingan.

Fanlarni  a’lo va yaxshi baholarga o‘zlashtirgani hamda ijtimoiy-siyosiy faolligi uchun ikki marotaba 2017-2018, 2018-2019 o‘quv yillarida to‘lov kontrakt summasining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilgan. 2019 yil Navoiy shahrida 20-22-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro Yoshlar Konferensiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasidagi islohotlar yoshlar nigohida”  mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etgan.

Sevimli kitobi: Toxir Malik asarlari

Sevimli mashg‘uloti:  Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.


DJUMANOVA BARNO  O'G’LONBEK QIZI

 1995-yil Piskent tumanida tug'ilgan. Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi. IELTS  6.O va CEFR B 1 sertifikatlari sohibasi, ingliz tilini 5 yildan buyon o'qib kelmoqda. 3 ta ilmiy maqolalari bilan  respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan. Namunali xulqi, o'qishi va ijodkorligi sababli Institut rektori tomonidan ota-onasiga tashakkurnoma taqdim etilgan. "Innovatsion g'oyalar "respublika ko'rik-tanlovida "Innovatsion maktab" loyihasi bilan ishtirok etgan.

"International Union V "Xalqaro beshlar anjumanida "Xalqaro ishsizlik va qashshoqlikdan chiqib ketish chora-tadbirlari" mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etgan.


                              

                                 ABDIVALIEVA XOLIDA RAVShAN QIZI

1997 yil 17 may Toshkent viloyati  Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Pedagogika va psixologiya  ta’lim  yo‘nalishi 3 bosqich talabasi.

Abdivalieva Xolida Ravshan qizi guruh talabalari o‘rtasida o‘zining iqtidori va qiziquvchanligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda ilmiy rahbari bilan birgalikda ilmiy maqolalar tayyorlamoqda. Chirchiq shahar 15 va 2-maktablarda treninglar o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda. Rus tilini mukammal biladi.

Hayotdagi shiori:Avvalo,o‘z hayotingiz markazida yashang, boshqalar hayoti atrofida emas.

Qiziqishi: to‘qish

Eng sevimli mashg‘uloti: dedaktiv asarlar o‘qish

Eng sevimli asari: Sirojiddin Said – “Murda o‘g‘risi”, Feodor Dostoevskiy – “Jinoyat va jazo”, Cho‘lpon – “Kecha va kunduz”.



ZAKIROVA MARDONA MIRKAMOL QIZI

1999 yil 1-iyulda Toshkent viloyatining Angren shahrida tug‘ilgan. O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi  talabasi. U adabiyotning nazm va publitsistika yo‘nalishida ijod qiladi.

          Zakirova Mardona Mirkamol qizi so`zga mehr qo`yganligi, intiluvchanligi va  tirishqoqligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadiO‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh ijodkorlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston bahori” Respublika ijod festivalida “Publitsistika” yo‘nalishida 3-darajali diplom bilan taqdirlangan.
Mardona Zakirovaning she’r va maqolalari “Saodat”, “Yoshlik” ,“Gulxan”, “Eko olam”, “G`uncha”, “Dono vord”, “Gulchehralar”, “Oltin qalam”, “A’lochi” ,“Angren haqiqati”, “Ulug‘ yo‘l” , “Tong yulduzi”, “Ma’rifat”, “Yoshlar ovozi”, “Toshkent haqiqati”, “Sog‘lom avlod” kabi shahar, viloyat, respublika gazeta va jurnallarida, hamda “Orzular kamalagi”, “Yoshlik bekati” to‘plamlarida muntazam ravishda yoritilib boriladi. Respublika yosh ijodkorlar kengashi a’zosi. “Angren haqiqati”, “Ulug‘ yo‘l” gazetalarining jamoatchi muxbiri.  Hayotdagi shiori: Hayot – go’zallikka intilishdir. Qiziqishi: Adabiy jarayonlar. Eng sevimli mashg'uloti: Mutolaa. Eng sevimli asarlari: Shekspir – “Gamlet”, Navoiy – “Xamsa”.



TO'LQINOVA MAHFUZA SHUHRATJON QIZI

1997-yil Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug'ilgan. O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi. 1 ta she'riy to'plam, 2 ta ilmiy maqola muallifi. Institutimizda o'tkazilgan kitobxonlik ko'rik-tanlovlari g'olibi.


Hayotdagi shiori: O'yla, izlan, jahonga intil.
Qiziqishi: Pazandachilik
Eng sevimli mashg'uloti: She'r yozish.
Eng sevimli asarlari: Oybek, –"Qutlug' qon", Abdulla Qodiriy – "O'tgan kunlar", Rashod Nuri Guntegin  – "Choliqushi".

 




ESHONQULOV  JAVOHIR BAHODIR O’G’LI

1995-yilda Bekobod tumanida tug’ilgan. Tarix va tillar fakulteti 2-kurs talabasi. Eshonqulov Javohir Bahodir o’g’li har yili talabalar o’rtasida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. 2018-yilda respublika “Kitobxon” tanlovida faol ishtirok etib, o’rinlarni egallagan. 2018-yilda institut miqyosida o’tkazilgan ijodiy tanlovda “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi g’olibi bo’lgan. Nazm, nasr va publitsistika yo`nalishlarida ijod qiladi.

O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim she’riyat” to’garagi a’zosi.


Hayotdagi shiori: "Hayot bu – harakat"

Qiziqishlari: Badiiy kitoblar mutolaasi, til o‘rganish, blogerlik.
Eng sevimli asarlari: "Qaydasan, Moriko!" – Odil Yoqubov, "Yolg‘izlikning yuz yili" – Gabriel Garsia Markes.


ABDURAXMONOV ZAYNIDDIN MUXIDDIN O`G`LI

    1998-yil 3-dekabrda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tug`ilgan, millati o`zbek. Tarix va tillar fakultetining O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 2-bosqichida tahsil oladi.

Abduraxmonov Zayniddin Muxiddin o`g`li talabalar o`rtasida o`tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda va tanlovlarda ishtirok etib keladi. 2019-yil  “O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yoshlarning o`rni va roli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida korrupsiya haqidagi tezisi e`lon qilingan. Institutda tashkil etilgan “ Iste`dod ” to`garagining yetakchi a`zosi. Ingliz tilini puxta biladi.

Adabiyotning nazm, nasr  va publitsistika yo`nalishida ijod qiladi.

 She`rlari “Bekobod ovozi”, “Bekobod ishchisi” kabi gazetalarda bosilib chiqqan.

2019-yilda institutning  bir qator ijodkor talabalaridan iborat “ Bahor valsi”  she`riy to`plamida she`rlari nashr etilgan.

Hayotdagi shiori: Asling kabi ko'rin yo ko'ringaning kabi bo'l.

Qiziqishi: Til o'rganish va adabiy jarayonlar.

Eng sevimli mashg'uloti: mutolaa

Sevimli asarlari: Jek London – "Martin Iden", A.Qodiriy – "O'tkan kunlar", Elif Shafaq – "Ishqqa oid 40 qoida".

 


IRISBOYEVA MAFTUNA ILHOMJON QIZI

1999-yil 9-fevralda Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug'ilgan. O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi.

 4 ta ilmiy maqola, bitta she'riy to'plam, 20 dan ortiq publitsistik maqolalar muallifi. 2017-yil O'zbek tili va adabiyoti fanidan o'tkazilgan fan Olimpiadasi Respublika bosqichi ishtirokchisi. Samarqand shahrida o'tkazilgan "5-T Youth-forum" konferensiyasida faol ishtirok etib, bir qator sertifikatlarni qo'lga kiritgan. Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o'tkazilgan tanlovlarda 4-tashabbus innovatori deb topilgan.

Hayotdagi shiori: Faqat oldinga intilish!
Qiziqishi: Chet tillarini mukammal o'rganish.
Eng sevimli mashg'uloti: Badiiy asar mutolaasi.
Eng sevimli asari: "Bonu" – Iqbol Mirzo, "Ufq" – Said Ahmad.



KARIMOVA SHAXZODA SOBITJONOVNA

Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug’ilgan. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining Tarix va tillar fakulteti “Milliy g’oya: ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo`nalishi 18/1-guruhida ta`lim olmoqda. O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosi. Institutda “G’alabaga bo’lgan irodasi uchun”, “Eng kreativ-tashabbuskor va fidoyi talabasi”, “Yilning eng jonkuyar talabasi” nominatsiyalari bilan taqdirlangan.

Xorazm viloyatida o’tkazilgan II “REGIONAL-NATIONAL YOUTH CONFERENCE” va Toshkentda ilk bor o’tkazilgan “ASIAN YOUTH CONFERENCE” larining faol ishtirokchisi.

 Hozirda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” mavzusi bo’yicha ilmiy izlanish olib bormoqda. 3 dan ortiq tezislari to`plamlarda nashr qilingan.

Qiziqishlari: Detektiv, badiiy asarlar mutolaa qilish va sport bilan shug’ullanish.                           

Hayotdagi shiori: Ezgu maqsad sari faqat va faqat oldinga intilish.

Eng sevimli kitobi: O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari.



MANNOBXONOVA MUQADDAMXON O`KTAMJON QIZI 

1998-yil Toshkent viloyati Piskent tumanida tavallud topgan. Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 3-bosqich talabasi. 5 ta respublika miqyosidagi konferensiyalarda o’zining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etgan. Fanlar akademiyasi tomonidan o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada “Eng yaxshi maqola“ nominatsiyasi 3-o’rin g’olibasi.  She’rlari “Piskent hayoti”, ”Olmaliq haqiqati” va “Chirchiq tonggi” gazetalarida chop etilagan. 2019-yil O’zbek tili haftaligi doirasida o’tkazilgan “Diktanlar tanlovi“ da 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. “Yil talabasi-2019” ko’rik tanlovining fakultet bosqichi g`olibi.




USMONCHAEVA SHAXNOZA MAXAMEDJANOVNA

 

1989-yil 13-martda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi III bosqich talabasi.  O‘zbekiston “Milliy tiklanish ” demokratik partiyasi a’zosi.

Institutda o‘zining o‘qishga bo‘lgan tirishqoqligi, izlanuvchanligi, namunali xulqi va tarbiyasi hamda jamoat ishlarida faolligi uchun institut rektori nomidan ota-onasiga minnatdorchilik xati  yuborilgan. Uning tashabbusi bilan Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Pahlavon yigit”, “Orzular mamlakati” nomli teatrlar qo‘yib berilgan.

2 ta xalqaro, 1 ta respublika miqiyosidagi ilmiy maqola va 2 ta publitsistik maqolalari nashr qilingan.

Institut qoshidagi 5 tashabbus markazining “Kitobxonlik” yo‘nalishi kordinatori.

Qiziqishi: Xalqaro tillarni o‘rganish.

Hayotdagi shiori: “Faqat o‘zing o‘z hayotingni o‘zgartira olasan. Hech kim sen uchun buni hal qilib berolmaydi”.

Sevimli asari: Deyl Karnegi – “Notiqlik san’ati”.                             

 


































Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.