Tillar:       O'z       En       Ру    

SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM FAKULTETI


 



111700, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 9-kichik nohiya, Bobur ko‘chasi, 22-uy

+99870 712 45 41

sport@cspi.uz

 

Fakultet dekani 

Achilov Telman Sa’dullaevich

Xalqaro toifadagi sport ustasi,

Dotsent 

Dekan muovini; 

Shadiev Aziz Yoqubjonovich

Dekan muovini; 

Jo‘raev Sherali Mahmudovich


Fakultet strategiyasi

Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetining eng muhim faoliyati talabalarning o‘quv, kasbiy va madaniy saviyasini oshirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, matbuot xizmatlari va boshqa hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga va sog‘lom hayot tarzini olib borishga jalb qilish; yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlari uchun zamonaviy sharoitlarni yaratish; yoshlarda sport orqali o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonchni mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik hissini shakllantirish; tizimli ravishda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va tanlab olish va asosiysi, jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori intellektual va chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.

Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetining strategik vazifalari -    ilmiy maktablarni shakllantirish, sport, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat hamda chaqiriqqacha harbiy ta’lim sohasida tadqiqotlar olib borish; sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorgarlik texnologiyalarini o‘zlashtirgan yuqori malakali  o‘qituvchilarni tayyorlash; ta’lim sohasida eng ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali yuqori malakali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni o‘qitish jarayoniga jalb qilish; professional sportchilarni tayyorlashga qaratilgan zamonaviy o‘quv dasturlari va innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish; ta’lim va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; mavjud o‘quv-metodik, moddiy texnika bazasini kompleks mustahkamlash va har tomonlama takomillashtirish, sportchilarni tayyorlashning sifatli yangi bosqichini ta’minlovchi pedagogik texnologiyalarni, o‘quv jarayoniga zamonaviy texnik vositalarni joriy etish; talabalarning nazariy va amaliy bilim darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish.

Bizning burchimiz - fuqarolik pozitsiyasi, ma’naviy sifatlar, mas’uliyat hissi, qarorlarni qabul qilishdagi mustaqillik, tashabbuskorlik, bag‘rikenglik, jamiyatda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv qobiliyati, sport va ChHTning turli shakllari, vositalarini, nafaqat sport faoliyatida, balki kundalik turmushda o‘z va yaqinlari, oilasi hamda mehnat jamoasining yaxshi hayot va samarali kasbiy faoliyati uchun sog‘ligini saqlash hamda mustahkamlash sifatlariga ega bo‘lgan shaxs dunyoqarashi va madaniyatini shakllantirish.

Fakultet tarixi va tuzilishi

2019 yil 27 avgustda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarkibida Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti tashkil etildi.

Mazkur fakultet dekani lavozimiga dotsent Telman Sa’dullaevich Achilov tayinlandi.

Bugungi kunda fakultetda 4ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Jumladan, jismoniy madaniyat, fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport, texnologik ta’lim, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedralari.

Fakultetning professor-o‘qituvchilar tarkibi: Fakultetda hozirgi vaqtda 45 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Amaliyot va bandlik

2019-2020 o‘quv yilida bakalavriatning to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchilarning miqdori 593 nafar talaba.

Fakultet talabalari qatorida – 3 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 19 nafar O‘zbekiston sport ustalari, 20 nafar sport ustaligiga nomzod (ular orasida: osiyo va O‘zbekiston Respublikasi g‘olib va sovrindorlari bor).

Ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun fakultet ixtiyorida quyidagilar mavjud: o‘quv auditoriyalari; maxsus sport zallari (sport o‘yinlari, gimnastika, yakka kurash,  sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi va trenajyor zallari); tekis ochiq sport inshootlari; yozgi mini-futbol maydonchalari.

Bugungi kunda TVChDPIda 10tadan ziyod sport turlari rivojlantirilmoqda. Jumladan: voleybol (yerkak va ayollar), futbol, kurash, yengil atletika, shaxmat, shashka, mini-futbol, gandbol, basketbol (yerkak va ayollar), stol tennisi va b.q.

Fakultet hamkorlari

Toshkent viloyati halq ta’limi boshqarmasi;

Chirchiq shahridagi 2 va 8- sonli umumta’lim maktablari;

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

O‘zbekiston badiiy akademiyasi;

K.Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti.

 

Yo‘nalish va tayyorlash darajalari ro‘yxati

oliy ta’lim – bakalavriat

 

Kod

Yo‘nalish

Tayyorlash profillar

5112000 

Jismoniy madaniyat

daraja: bakalavr

    umumiy
kunduzgi o‘/sh 4 yil; maxsus sirtqi o‘/sh 3 yil; sirtqi o‘/sh 5 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek, rus

5111500 

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

daraja: bakalavr

·         umumiy
kunduzgi o‘/sh 4 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek

5112100

Texnologik ta’lim

daraja: bakalavr

·         umumiy

·         kunduzgi o‘/sh 4 yil; maxsus sirtqi o‘/sh 3 yil; sirtqi o‘/sh 5 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek, rus

5110800

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi  

daraja: bakalavr

·         umumiy

·         kunduzgi o‘/sh 4 yil; maxsus sirtqi o‘/sh 3 yil; sirtqi o‘/sh 5 yil; kechki o‘/sh 4 yil
Ta’lim tili: o‘zbek, rus

 

 

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.