Tillar:       O'z       En       Ру    

Reja moliya


Toshkent viloyati Chirchiq shahar  Amir Temur ko’chasi 104-uy
Tel: (90) 960-15-88
Aligart83@cspi.uz

Bo'lim boshligi:
Sultonov Sirojiddin Normurodovich


 Birinchi toifali iqtisodchi:

Karbayeva Dilnoza Alimdjonovna



Institut reja-moliya bo’limining asosiy vazifalari: 

 

  • Institut moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va tashkil etilishini nazorat qilish • Moliyaviy faoliyatning barcha turlari bo’yicha istiqbolli va yillik daromadlar hamda smetasini tuzish, ular ijrosini ta’minlash • Institut ish faoliyatini ta’minlash uchun ajratiladigan mehnat va pul resurslaridan hamda to’lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar hisobiga kelib tushgan pul mablag’lari foydalanilishining to’g’riligini nazorat qilish. 
  • Institut ishchi-xodimlarini rag’batlantirishda ishtirok etish. 
  • Xo’jalik shartnomalari va maxsus mablag’lar smetasi ijrosini doimiy ravishda nazorat qilish va ular samaradorligini oshirish. 
  • Institut xodimlarini bazaviy lavozim maoshlarining tasdiqlangan razryad va tarif koeffitsentlariga mosligini muntazam nazorat qilib borish. 
  • Xarajatlar va daromadlar smetasini tuzishda O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirliklari birgalikda tasdiqlangan namunaviy shtat jadvali asosida Professor-o’qituvchilar, o’quv-yordamchi xodimlar, ma’muriy boshqaruv hamda xizmat ko’rsatuvchi personallarning tarkibini tuzish. 
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga o’z vaqtida bugalteriya balansi hisoboti bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy smetalar va chorak hisobotlarini topshirish. 

 

Reja-moliya bo'limi boshlig‘i lavozimining vazifalari:

 

  1. Institut reja moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va tashkil etilishini nazorat qilish
  2. Moliyaviy faoliyatning barcha turlari bo‘yicha istiqbolli va yillik daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda rahbarlik qilish va nazorat olib borish hamda ijrosini ta’minlash.
  3. Institut ish faoliyatini ta’minlash uchun ajratiladigan mehnat va pul resurslaridan hamda to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar hisobidan kelib tushgan pul mablag‘lari foydalanilishining to‘g‘riligini nazorat qilish.
  4. Institut ishchi-hodimlarini rag‘batlantirishda ishtirok etish.
  5. Xo‘jalik shartnomalari va maxsus mablag‘lar smetasi ijrosini doimiy ravishda nazorat qilish va ular samaradorligini oshirish.
  6. Institut xodimlariga beligilanayotgan lavozim maoshlarining tasdiqlangan razryad va tarif koeffitsinetlariga mosligini muntazam nazorat qilib borish.
  7. Xarajatlar va daromadlar smetasini tuzishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi va Moliya vazirliklari birgalikda tasdiqlagan namunaviy shtat jadvali asosida professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi xodimlar, ma’muriy-boshqaruv hamda xizmat ko‘rsatuvchi personallarning shtat jadvalini tuzish.
  8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligiga o‘z vaqtida buxgalteriya balansi hisoboti bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy smetalar va chorak hisobatlarini topshirish.
  9. Institutning barcha majlislarida bevosita ishtirok etish.
  10. Yuqori tashkilotlar tomonidan topshirilgan vazifalarni tez va sifatli bajarilishini nazorat qilish va ijrosini ta’minlash.


Reja-moliya bo‘limi I toifali iqtisodchining vazifalari

 

  1. Institutning barcha ma’muriy boshqaruv, o‘quv-yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi, talabalar turar joylari direksiyasi, kutubxona, maxsus mablag‘ va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ishlayotgan hodimlarning shtat jadvali bilan shug‘ullanish.
  2. Yil boshida yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan oylik maoshlar o‘zgarganda shtat jadvalini qayta hisoblab, o‘zgartirishlar kiritish va tasdiqlash uchun rahbariyatga taqdim etish.
  3. Hodimlarni ishga qabul qilayotganda, ishdan bo‘shayotganda yoki boshqa ishga o‘tayotganda ularni arizalarini rasmiylashtirib berish.
  4. a) oylik maoshlarini tasdiqlangan shtat jadvalida ko‘rsatilganidek belgilab berish.
  5. b) maxsus qayd etish daftariga belgilab borish.
  6. v) buyruqlarni chiqqan kuni va soni bo‘yicha kompyuter hamda maxsus qayd etish daftariga kiritib borish.
  7. Yilida bir marta qayd etish daftarlarini yangilab borish.
  8. Fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari va bino boshliqlar bilan birgalikda lozim bo‘lgan paytlarda hodimlar ro‘yxatini tekshirib borish.
  9. Hisob-kitob bo‘limi bilan birgalikda hodimlarning kartochkalaridagi oylik maoshlarini tekshirib turish.
  10. Institut hodimlarini moddiy rag‘batlantirish lozim bo‘lganda hodimlarning vazifalari bo‘yicha ro‘yxatini universitet ma’muriyati yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasiga taqdim etish.
  11. Har oyning belgilangan kunlarida tuman mehnat birjasiga tasdiqlangan 1tn shakldagi hisobotni topshirib borish.
  12. Yuqori tashkilotlardan kelayotgan buyruq va farmoyishlarni o‘z vaqtida bajarish.
  13. Bo‘lim hodimlari kasalligi va mehnat ta’tili vaqtida vazifasini bajarib turish.
  14. Institut rahbariyati va bo‘lim boshlig‘i tomonidan xizmat vazifasi yuzasidan berilgan topshiriqlarni va javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.

 


Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.